KELAJAK BOGʻChADAN BOShLANADI
Yurtimizda maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Mamlakatimiz boʻyicha 2017-2021-yillar davomida 6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil qilinib, 2200 ta MTMlar moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi koʻzda tutilgan.
Ayniqsa, qishloq joylarda maktabgacha taʼlim muassasalari qurilib, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan darajada jihozlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasasining maqsadi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish, maktab taʼlimiga sifatli tayyorlashdir. Mana shu oliy maqsad yoʻlida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning: “Biz quradigan bogʻchada taʼlim-tarbiya jarayonining ishtirokchisi boʻlgan tarbiyachi oliy maʼlumotli kadr boʻlishi zarur,” – degan talablari bugun sohada olib borilayotgan ishlarda oʻz ifodasini topmoqda.
Joriy yilning 22-fevral sanasidan boshlab “kadrlarni qayta tayyorlash” kurslari oʻz faoliyatini boshladi.Shuningdek, maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat koʻrsatayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli kadrlar uchun oliy oʻquv yurtlarida sirtqi va kechki boʻlimlar ochildi.
Kelajagimiz, millatimiz gʻururi boʻlgan yosh avlodni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy barkamol insonlar qilib tarbiyalash, 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga 100 foiz qamrab olish, ularni maktab taʼlimiga sifatli qilib tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu vazifani amalga oshirish yoʻlida barchamiz fidoyilik bilan mehnat qilamiz. Zero, kelajak bogʻchadan boshlanadi.
Raʼno QODIROVA, 26-sonli MTM mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶