Jamiyat
👁 1,191
ABAY NOMI BARHAYoTDIR
Tumandagi 3-son Amudaryo akademik litseyida buyuk qozoq shoiri Abay Qoʻnanboy uli tavalludining 173 yilligiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi raisi M.Saparboyev, tuman Madaniyat boʻlimi xodimlari hamda litsey oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirok etdilar.
“Abay Qoʻnanboy uli oʻzbek va qozoq xalqlari qalbida mangu barhayot” deb nomlangan tadbirda oʻquvchilar shoir ijodidan namunalar, sahna koʻrinishlari hamda qozoq milliy raqslarini ijro etdilar.
Avlodlarga ulkan maʼnaviy meros qoldirgan qozoq shoiri Abay Qoʻnanboy uli tavalludiga bagʻishlangan tadbirda xalqlar doʻstligi, hamjihatlik ulugʻlanishi bilan birga shoir xotirasiga hurmat va ehtirom bajo keltirildi.
O.XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶