Elektron kitoblar targʻib qilindi
Joriy yilning 3-aprel kuni Amudaryo televideniyesi tahririyatining Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT larni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Odobli bola – el koʻrki” loyihasi doirasida yoshlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida elektron shaklda kitob oʻqishga davʼat qilish maqsadida Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji axborot-resurs markazida davra suhbati shaklidagi uchrashuv tashkil etilib, yosh kitobxonlarga elektron kitoblar targʻib qilindi.
Avvalo oʻquvchi-yoshlar axborot-resurs markazi rahbari Pohatoy Pomanova boshchiligida kollejning axborot-resurs markazidagi 15 ming nusxadan ortiq jamgʻarmaga ega elektron kutubxona bilan yaqindan tanishdilar. Soʻngra, axborot-resurs markazi rahbari Pohatoy Pomanova tomonidan tavsiya qilingan elektron kitoblar haqida maʼlumotlar oldilar.
Boʻlib oʻtgan davra suhbatida Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Saʼdulla Xoʻjaniyozov, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Qoraqalpogʻiston Pespublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Pobiya Yoʻldosheva, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi, shoir Ahmad Nafasov, “Yangiobod” MFY raisi Zebogul Pajabova, shoirlardan Tojiboy Doʻsanov, Shomurod Xoʻjanovlar kitobxonlik madaniyati va kitobning inson hayotida tutgan oʻrni haqida gapirdilar.
Shuningdek, oʻquvchi-yoshlardan Sadoqat Bozorboyeva, Aziza Oʻrozboyeva hamda Sevara Safarboyevalar oʻz fikrlarini bildirib, axborot-resurs markazda yaratilgan materiallardan, kutubxona rahbari Pohatoy Pomanova, kutubxonachilar Dilfuza Boyjonova va Iroda Saʼdullayevalardan minnatdor ekanliklarini izhor etdilar.
Pobiya Yoʻldosheva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶