“Mard öğlon” davlat mukofotiga talabgorlar saralab olindi
22-mart kuni tuman hokimligida yiğiliş ötkazilib, unda “Mard öğlon” davlat mukofotiga talabgorlarni tanlaş va ularning hujjatlarini taqdim etiş böyiça tuman komissiyasi tomonidan amalga oşirilayotgan işlar muhokama qilindi.
Yiğilişda tuman hokimi, komissiya raisi S.Yöldaşev sözga çiqib, Prezidentimizning “Mard öğlon” davlat mukofotini taʼsis etiş töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida tumanimizning barça ovul va mahallalarida, çekka qişloqlarda istiqomat qilayotgan, öqişda va mehnat faoliyatida yuksak natijalarga erişayotgan iqtidorli yoşlar haqidagi maʼlumotlar örganilganini taʼkidlab ötdi. Talabgorlarni tanlaşda adolat, xolislik va qonuniylikni taʼminlaş va tegişli öquv örni yoki mehnat jamoasining fikrlarini inobatga olgan holda har tomonlama munosib yoşlarni saralab oliş, ularning hujjatlarini yöriqnoma asosida rasmiylaştiriş hamda belgilangan muddatlarda taqdim etiş böyiça barça çaoralar körilgani qayd etildi.
Aytiş joizki, “Mard öğlon” mukofoti har yili Qoraqalpoğiston Pespublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrining ikki nafardan, jami 28 nafari yoşlarga beriladi. Mukofotlanganlarga “Yoşlar kuni” arafasida diplom, kökrak nişoni hamda eng kam oylik iş haqining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti tantanali ravişda topşiriladi.
- Tumanimizda turli sohalarda faol işlab, fidoyilik bilan mehnat qilayotgan, taʼlim oliş jarayonida yuksak natijalarga erişayotgan jami 40 nafar eng munosib nomzodlarning hujjatlari örganib çiqildi, - deydi Özbekiston Yoşlar Ittifoqi tuman Kengaşi raisi, komissiyasi rahbari örinbosari M.Şermetov.
Yiğilişda fan sohasi böyiça Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kolleji öquvçisi A.Nurjanovni, taʼlim soxasi böyiça 56-sonli maktabining 10-sinf öquvçisi B.Töliboyev va U.Pirmanovlarni, madaniyat sohasi böyiça tuman madiniyat va aholi dam oliş markazida taşkil qilingan “Ofarin” folklor-etnografik xalq jamoasi badiiy rahbari P.Saparboyevni, sport sohasi böyiça Qoraqalpoq davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti 3-kurs talabasi Ş.Baltabayev, tuman bolalar va ösmirlar sport maktabi murabbiyi O.Usmanovlarni “Mard öğlon” davlat mukofotiga talabgorlarni tanlaş va ularning hujjatlarini taqdim etiş böyiça Qoraqalpoğiston Pespublikasi komissiyasiga tavsiya qiliş böyiça qaror qabul qilindi.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶