Jamiyat
👁 702
Korxona bogʻi yaratiladi
Joriy yilning 18-19-mart kunlarida oʻtkazilgan umumxalq xayriya hashari Mangʻit shahridagi “Amudaryotex” MChJ jamoasi uchun ham haqiqiy mehnat bayramiga aylandi. Ushbu jamoa aʼzolari hashar kunlarida ishlab chiqarish tsexlari va korxona hududini supurib-sidirib, saranjom-sarishta qilishga, 300 metrlik ariqchalarni qazib tozalashga, 60 tup atirgul koʻchatlarini oʻtqazishga erishdilar. Shuningdek, bu jamoa aʼzolari korxona qoshida boʻsh yotgan 0,72 gektar maydonni tozalab, tekislab korxona bogʻini tashkil etishga tayyorlab qoʻydilar. Yaqinda bu joyda mevali daraxt koʻchatlarini oʻtqazish ishlari amalga oshiriladi.
Feruza ShOMURODOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶