Bolajonlar buvijonlarini tabriklashdi
Mamlakatimizda bayramlar koʻp. Lekin 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni har bir mehnat jamoasida, har bir oilada alohida mehr-muhabbat bilan nishonlanadi. Bu bayram jajji bolajonlarimiz uchun olam-olam shodliklar baxsh etadi.
Tumanimizdagi 8-sonli MTMda 2-mart kuni boʻlib oʻtgan bayram tadbiri nafaqat jajji bolajonlar, balki ularning ota-onalari uchun ham biri-biridan quvonchli lahzalarni ato etdi.
Bayram tadbiriga taklif etilgan kichkintoylarning onajon va buvijonlari uchun bolajonlar oʻzlari ijro etgan kuy-qoʻshiqlar hamda shoʻx raqslarni tuhfa qildilar. Mazkur MTMning sobiq tarbiyalanuvchisi, shaxmat sporti boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi chempioni, 56-sonli maktab oʻquvchisi Saidbek Qadamboyev bolajonlarga oʻzi erishayotgan yutuqlar haqida gapirib berdi va jajji bolalik davrida oʻziga alohida mehr berib tarbiyalagan tarbiyachi opalariga minnatdorchilik bildirib, barcha aziz onaxonlarni bayram bilan tabrikladi.
Bayram tadbirida ishtirok etgan “Mahalla” jamoat fondi tuman boʻlinmasi mutaxassisi Gavhar Chimboychiyeva, OʻzXDP tuman Kengashi ijrochi kotibi Fazilat Karimova, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi yetakchi mutaxassisi Maqsud Rajabov, 8-sonli MTM mudirasi Muyassar Qoʻshboyeva, “Durunki” MFY maslahatchisi Gavhar Mingboyevalar soʻzga chiqishib, bayramni farzandlari va nevaralari bilan nishonlayotgan aziz buvijonlarni qizgʻin muborakbod etdilar.
Tadbirda MTMning katta guruh tarbiyachisi Gulchehra Ermanova tomonidan tayyorlangan “Buvijon, oyijon – doimo boʻling omon!” deb nomlangan kontsert dasturi barchaga zavq-shavq bagʻishladi.
Omongul Qayupova,
“Durunki” MFY xotin-qizlar bilan

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶