“KASBLAR OLAMIGA SAYoHAT” MAVZUSIDA OʻTKAZILGAN BELLAShUV
13-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida “Kasblar olamiga sayohat” mavzusida tadbir oʻtkazildi. Tadbirda 8 a-sinfning “Oʻqituvchilar”, 8b-sinfning “Shijoatli yoshlar”, 9-sinfning “Kelajak bizniki”, 10-sinfning “Shifokorlar” jamoalari 8 daqiqa ichida kasblar haqida maʼlumotlar berish, 3 daqiqa ichida harflarni oʻz oʻrniga qoʻyib, kasblar nomini yozish, 6 daqiqa ichida sahna koʻrinishini namoyish etish va koʻrgazma tashkil etish kabi shartlar boʻyicha oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazdilar.
Bu shartlarning bajarilishi maktabning fizika fani oʻqituvchisi Oʻ.Saparboyev, Yoshlar ittifoqi yetakchisi S.Xolniyozov va “Bogʻ” MFY maslahatchisi G.Allamovalar tomonidan baholab borildi.
Shartlarning bajarilishi natijalariga koʻra “Shifokorlar” jamoasi 1-oʻrinni, “Shijoatli yoshlar” jamoasi 2-oʻrinni, “Oʻqituvchilar” va “Kelajak bizniki” jamoalari 3-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldilar.
Bellashuv yakunida faol ishtirokchilarga maktab maʼmuriyatining “Faxriy yorliq” va esdalik sovgʻalari topshirildi.
A.AXMEDOVA, 13-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶