“Zulfiyaxonim el ardogʻida”
Tumanimizdagi 55-sonli umumtaʼlim maktabida Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 103 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan adabiy-musiqiy tadbir buyuk qalb sohibasi, sadoqat va vafo, doʻstlik va tinchlik kuychisi – Zulfiyaxonimning xalqimiz ardogʻidagi ulugʻ va muhtarama zot ekanligini yana bir bor namoyon etdi.
Adabiy-musiqiy tadbirda maktabning 8-sinf oʻquvchilaridan iborat “Mushoira” va “Zulfiyaxonim izdoshlari” jamoalari oʻrtasida Zulfiyaxonim ijodidan bahri-baytlar aytishuvi, shoiraning mashhur sheʼr va dostonlari asosidagi mushoira, bundan tashqari, bahorni madh etuvchi musiqiy taronalar barchaga xushkayfiyat bagʻishladi. “Zulfiyaxonim el ardogʻida” deb nomlangan mazkur tadbir, yakunida faol ishtirokchilar maktab maʼmuriyati tomonidan munosib taqdirlandilar.
Yorqinoy Ahmedova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶