Jamiyat
👁 825
ShOH VA ShOIR Z.M.BOBURNI ESLAB...
14-fevral kuni Doʻrman qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida atoqli shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligi munosabati bilan adabiy kecha boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbirda kollejning tarix fani oʻqituvchisi Sobir Abdullayev shoh va shoir, sarkarda Z.M.Boburning hayoti va ijodi haqida maʼruza qildi.
Shundan keyin kollejning 9-15-guruh oʻquvchisi Sharafjon Qurbonboyeva, 6-16-guruh oʻquvchisi Ogʻabek Abdrimov va 7-16-guruh oʻquvchisi Jasur Yusupov va boshqalar shoirning gʻazal va ruboyilaridan namunalar oʻqidilar.
Shoh va shoir Z.M.Bobur tavalludining 535 yilligiga bagʻishlangan ushbu tadbir badiiy ijodga qiziqqan yoshlarning faolligida oʻtdi.
Sabohat MADRAHIMOVA, kollejda tashkil
etilgan “Muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶