100 ta hadisni yodlagan bolaga shaxsiy sovgʻa
Tahririyatimizga tashrif buyurgan “Toshqalʼa” MFY “Buvijonlar maktabi” aʼzosi Fotimaxon aya Davlatova paygʻambarimiz Muhammad sallolohu alayhi vasallam hadislaridan 100 ta hadisni yoddan aytib bergan 15-16 yoshdagi oʻgʻil bolalar uchun shaxsiy sovgʻa bermoqchiligini, bu borada “Mahalla” jamoat fondi tuman boʻlimi hamda Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tashabbus koʻrsatsalar, yaxshi boʻlardi, degan fikrni bildirdilar.
Agar farzandlarimiz hadislarni yod olib, maʼnolarini uqib olsalar, biz maʼnaviy-maʼrifiy va diniy tarbiya masalasida katta yutuqlarga erishamiz, – deydi onaxon. – Tumanimizda “Hadislar bilimdoni” tanlovi oʻtkazilsa, men tanlov gʻolibiga oʻz shaxsiy qimmatbaho sovgʻamni topshiraman. Niyatim, farzandlarimizning maʼnan barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishlariga hissa qoʻshish.
Fotimaxon ayaning shaxsiy tashabbusini tumanimiz masʼullari qoʻllab-quvvatlashiga ishonamiz.
Pobiya Yoʻldosheva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶