Tuman prokurorining şaxsiy qabuli ötkazildi
Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan işlaş tizimi samaradorligini oşiriş maqsadida barça şahar va tumanlar prokurorlarning şaxsiy qabullari ötkazilişi eʼlon qilinib, bu böyiça reja-jadval tasdiqlangan edi. Uşbu reja-jadval asosida 22-avgust kuni Mahallalar uyuşmasi Amudaryo tuman bölimi binosida tuman prokurori Bahrom Maşaripovning şaxsiy qabuli ötkazildi.
Amudaryo tumani prokuraturasi tomonidan taşkil etilgan qabul fuqarolarning muammolarini tinglaş va ularga yeçim topiş borasida muhim qadam böldi. Tuman prokurori Bahram Maşaripovning boşçiligida ötgan mazkur tadbirda aholi vakillari özlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qiliş imkoniyatiga ega bölişdi.
Qabul jarayoni Mahallalar uyuşmasining tuman bölimi binosida taşkil etilgani uning fuqarolarga yanada yaqin bölişini taʼminladi. Unda turli bölim va taşkilotlarning masʼul xodimlari ham qatnaşdilar, bu esa murojaatlarni joyida, tezkorlik bilan körib çiqişga zamin yaratdi.
Aholi murojaatlarining turli sohalarga xosligi bugungi kunda odamlarni qiynayotgan muammolarning qamrovi kengligini körsatadi. Qabul davomida kötarilgan masalalar orasida mahallalarda bolalar maydonçalari quriş, yerga oid hujjatlarni rasmiylaştiriş, yangi köpriklar qurilişi, moddiy yordam va tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş uçun yer ajratiş kabi muammolar bor. Bularning barçasi aholining kundalik hayoti bilan bevosita boğliq bölib, ularning ijobiy hal qilinişi ijtimoiy-iqtisodiy farovonlik uçun muhim ahamiyatga ega.
Har bir murojaat alohida örganilib, imkon qadar joyida yeçim topişga harakat qilindi. Ayrim muammolar böyiça tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda iş olib boriş yuzasidan aniq topşiriqlar berildi. Bunday yondaşuv byurokratik tösiqlarni kamaytirişga, muammolarning yeçimini tezlaştirişga xizmat qiladi.
Bu kabi qabullar fuqarolarning davlat organlariga bölgan işonçini mustahkamlaydi. Odamlar özlarini qiynayotgan masalalar bilan yuqori lavozimli mutasaddilarga töğridan-töğri murojaat qiliş imkoniyatiga ega bölişadi. Bu esa öz navbatida, prokuratura organlari faoliyatining oçiqligi va şaffofligini taʼminlaydi, aholi huquq va manfaatlarining işonçli himoya qilinişiga xizmat qiladi.
Uşbu tadbirning ahamiyati şundaki, u nafaqat joriy muammolarga yeçim topadi, balki huquqni muhofaza qiliş organlariga aholini nimalar köproq taşvişga solayotganini aniqlaşga yordam beradi. Olingan maʼlumotlar asosida kelgusidagi iş rejalarini tuziş, eng dolzarb muammolarni hal etiş böyiça tizimli çora-tadbirlar işlab çiqiş mumkin böladi.
Eng muhimi, bu uçraşuv aholi va davlat örtasidagi köprik vazifasini bajardi. Tuman prokuraturasi aholi muammolariga öz vaqtida yeçim topiş, huquqiy ongi va madaniyatni yuksaltirişga kömaklaşiş, jamiyatda adolat tamoyillarini qaror toptiriş maqsadida bu kabi oçiq muloqotlarni kelgusida ham tizimli ravişda ötkazib borişni rejalaştirmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶