XALQ DILIDA QOLGAN BUYuK INSON
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov mamlakatimizni 25-yil oqilona, adolatli boshqardi. Butun oʻzbekistonliklar oʻz Prezidenti atrofiga jipslashib, turli millat va elat vakillari bir tan-bir jon boʻlib mustaqillik yoʻlidagi toʻsiqlarni yengib oʻtdilar.
dorilomon kunlarimizning sababchisi boʻlgan, oʻz Vatanining ardoqli farzandi, sergʻayrat, shijoatli va dovyurak otamiz I.A.Karimov har birimizning yuragimizdan oʻzi hayotligidayoq joy oldi. I.A.Karimovning: “Bizning kelajagimiz, eng asosiy ishonchimiz, madad-tayanchimiz – bu oʻsib kelayotgan yosh avloddir. Men oʻzimning taqdirimni ham, mamlakatimiz va mustaqilligimiz taqdiri va kelajagini ham ana shu yoshlar qiyofasida, ularning pok qalbi, erkin tafakkuri, mustahkam irodasi va dunyoqarashida koʻraman”, degan soʻzlari Oʻzbekiston yoshlari qalbidan chuqur joy olib ulgurdi. Yoshlarimiz uchun ideal qahramonga aylangan, xalqimizning mehribon va fidoyi otasi hamisha qalblarimizda, ezgu ishlarimizda yashayveradi.
Zuhra AHMEDOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶