Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining qirq birinçi sessiyasi töğrisida AXBOROT
2017-yil 31-dekabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining qirq birinçi sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyada “Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini taʼminlaşga doir ustuvor çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-3182-sonli qarorining ijrosi böyiça sektor rahbarlarining hisoboti haqida”gi hamda “Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2018-yilgi asosiy körsatkiçlari töğrisida”gi masalalar muhokama qilindi.
Kun tartibidagi birinçi masala böyiça 1-sektor rahbari, tuman hokimi Yöldaşev Sultonboy Rajapbayeviç, 2-sektor rahbari, tuman prokurori Sabirov Faxriddin Qutlimuratoviç, 3-sektor rahbari, tuman içki işlar bölimi boşliği Ibragimov Dilşodbek Ataxanoviç hamda 4-sektor rahbari, tuman davlat soliq inspektsiyasi boşliği Kamalov Botirbek Urazbayeviçlar hisobot berdi.
Hisobotlarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qaroriga asosan işlarni samarali taşkil etiş, sektor rahbarlari tomonidan özlariga biriktirilgan hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni yeçiş, aholi bilan muloqotlar ötkaziş, xonadonma-xonadon kirlib, mahallalarda aniqlangan muammolarni hal qiliş böyiça qator amaliy işlar qilinayotgani aniq misollar asosida aytib ötildi.
Kun tartibidagi masala böyiça tuman Kengaşi deputatlari sözga çiqib, mahallalarda aholi bilan uçraşuvlar ötkazilib sektor rahbarlari tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantiriş borasida amaliy işlar olib borilganligi, aholining muammolari imkon qadar ijobiy yeçim topayotganligi, tumandagi kommunal soha rahbarlari tomonidan kamçiliklar bartaraf qilinayotganligi taʼkidlanib, sektor rahbarlari tomonidan amalga oşirilayotgan işlari böyiça hisobotlari qoniqarli deb baholandi.
Şuningdek, sessiyada Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2018-yilgi asosiy körsatkiçlari muhokama qilinib, deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.
Kun tartibidagi masalalar böyiça tegişli qarorlar qabul qilindi va şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶