18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 02:35
Jamiyat 👁 1,445

Oila – eng farovon manzil

Oila – eng farovon manzil

Farovonlik manzili. Insonni bu manzilga eltuvchi omillar koʻp: ishtiyoq, orzu, ishonch, mehnatsevarlik... Avval dilda ishtiyoq uygʻonadi, soʻng orzu, insonning oʻzi qilayotgan ishiga nisbatan ishonchi ortadi. Ana shu ishonch uning isteʼdodini tarbiyalaydi. Isteʼdod esa hech kim koʻra olmagan goʻzalliklarni koʻra oladi. Isteʼdod yoʻlining son-sanoqsiz soʻqmoqlarida toblangan inson oʻz turmush tarzini oʻzgartirishga, yangilashga qodir.

Mening bugungi qahramonim, oliy toifali shifokor, tadbirkor, farovon va obod, baxtiyor oila sohibi “IFTIXOR DENT” xususiy stomatologiya klinikasi boshligʻi Adilboy Yusupov nafaqat oʻzining tengqurlari va kasbdoshlari, balki tumanimiz ahli orasida fidoyiligi, mehnatsevarligi, alohida isteʼdodi bilan obroʻ-eʼtibor qozongan, oʻz hayotining farovonlik manzilini halol mehnati evaziga obod etgan insonlardan.

“Toʻlqin” ovulida, xizmatchi oilasida dunyoga kelgan Adilboy ovuldagi 33-sonli umumtaʼlim maktabini aʼlo baholarga tugatdi.

Ikki yillik Armiya xizmatidan soʻng, otasi orzu qilganiday shifokor boʻlish maqsadida 1984-yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutining stomatologiya fakultetiga oʻqishga kirdi. Keyinchalik Rossiyaning Bologoye shahridagi tibbiyot klinikalarida internatura bosqichini oʻtadi.

Nukus shahar stomatologiya poliklinikasida terapevt-stomatolog sifatida ilk mehnat faoliyatini boshlagan Adilboy Yusupov 1992-yilda oʻzi tugʻilib oʻsgan Amudaryoga qaytdi. 6-yil davomida tuman tibbiyot birlashmasi huzuridagi stomatologiya poliklinikasida ishladi. Sohada olib borilayotgan islohotlar, tobora rivojlanib borayotgan jahon stomatologiyasi Adilboyni zamon bilan hamnafas yashashga undadi. U tumanda birinchi boʻlib 2009-yilda oʻz xususiy stomatologiya klinikasiga asos soldi. Mangʻit shahrining Berdaq nomidagi koʻchasi boʻyida joylashgan koʻp qavatli uylarning birida, birinchi qavatda, torgina xonalarda oʻz faoliyatini boshlagan bu xususiy klinika juda qisqa fursatda minglab insonlarning sevimli shifo maskaniga aylandi.

Mahoratli tadbirkor mijozlar uchun yana qulay sharoitlar yaratish maqsadida 2011-yilda stomatologiya klinikasining zamonaviy talablarga mos 3 qavatli yangi binosini qurdirdi va “IFTIXOR DENT” xususiy stomatologiya klinikasi tamoman yangi sharoitda oʻz faoliyatini davom ettirdi. Klinika oʻsha yili 8 ta zamonaviy stomatologiya anjomlari bilan jihozlandi.

Lizing evaziga 136 mln. soʻmlik UZI-4D zamonaviy diagnostika jihozini olib, Nukus shahrida “IFTIXOR DENT” xususiy klinikasining filialini ochdi va 7 nafar oliy toifali shifokor va 13 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari ish bilan taʼminlandi.

A.Yusupov 2012-yilda Finlandiya kompaniyasining taklifiga binoan Xelsinki shahrida boʻlib oʻtgan “Tsifrovoye Sovershenstva” forumida ishtirok etib, dunyo stomatologiyasining eng soʻnggi yangiliklari bilan tanishdi. Shuningdek, Germaniya, Frantsiya davlatlarida, Shvetsiyaning Stokgolm shaharlaridagi nufuzli stomatologiya klinikalari shifokorlaridan ish oʻrgandi.

Mehnatlarining mevasi sifatida “IFTIXOR DENT” stomatologiya klinikasi rahbari Adilboy Yusupov 2015-yilda Nodavlat tibbiyot muassasalari oʻrtasida boʻlib oʻtgan tanlovda “Eng yaxshi nodavlat klinika rahbari” nominatsiyasi gʻolibi deb topildi va Oʻzbekiston Respublikasida faxrli 2-oʻrin sohibi boʻldi.

Erishilgan bu yutuq Adilboy Yusupovning tadbirkorlik sohasida yana bir yoʻnalish ochishi uchun turtki boʻldi. 2016-yilda u yangi UZI-4D tashhis apparatini lizingga oldi va klinikaning yana bitta filialini ochdi. Umr yoʻldoshi Zamiraxon Usmonova rahbarligidagi mazkur filialda zamonaviy tashhis qoʻyish, ginekologiya va terapiya xizmatlari koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.

Adilboy Yusupov jamoat ishlarida ham faol. U xalq deputatlari tuman Kengashi deputati sifatida tez-tez saylovchilari bilan uchrashib, ular hayotiga oid muammolar yechimi bilan shugʻullanadi. Xalq deputatlari tuman Kengashi mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha doimiy komissiya raisi oʻrinbosari, OʻzMTDP tuman Kengashidagi deputatlik guruhi aʼzosi hamdir.

Oilada esa mehribon va fidoyi oila boshligʻi. Umr yoʻldoshi Zamiraxon Usmonova bilan 5 nafar oʻgʻil-qizni aqlli, bilimdon qilib tarbiyalamoqda. Qizlari Dilnozaxon bilan Umidaxon ota kasbini tanlagan. Ular ayni paytda tibbiyot institutining stomatologiya fakultetida tahsil olishmoqda. Gulnozaxon esa Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi. Yana bir qizi va oʻgʻli 55-sonli maktabning aʼlochi oʻquvchilari.

Hayotining asosiy qismini aziz eldoshlariga xizmat qilishga baxsh etib yashayotgan Adilboy Yusupov ana shu elning, xalqning bir boʻlagi, oʻz mehnati, fidoyiligi bilan el-yurt eʼtiborini qozongan, ana shu hurmat va eʼtibor ogʻushida oʻzining farovonlik manzilini yaratgan Amu elining bir fidoyi oʻgʻloni.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026