Taʼlim sifatini yaxshilashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi
Yangi yil boshlanishi bilan respublikadagi jami 9628 ta umumtaʼlim maktablarida ota-onalar, mahalla ahli va jamoatchilik uchun maktab rahbarlari tomonidan 2018-yilda taʼlim sifatini yaxshilashga qaratilgan ustuvor vazifalari toʻgʻrisidagi taqdimotlar tashkil etildi.
Bu kabi tadbir tumanimizdagi 40-sonli maktabda ham oʻtkazildi.
Taqdimotda ishtirok etgan ota-onalar, mahalla ahli va jamoatchilik vakillariga taʼlim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda pedagoglar va ota-onalarning hamkorlik yoʻnalishi hamda harakat rejasini belgilab olish, qolaversa, umumiy oʻrta taʼlim tizimini rivojlantirish, taʼlim sifatini oshirish, voyaga yetmaganlar tarbiyasi va huquqbuzarliklarining oldini olish, oʻquvchilar davomatini yaxshilashda ota-onalar va jamoat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish, shuningdek, fan yoʻnalishlari va oʻquvchilarning qiziqishlariga oid toʻgaraklar, sport sektsiyalari, maktab kutubxonasi fondi haqida hamda maktabaning yutuq va muammolari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶