Har bir kunimiz gazeta bilan!
“Qangli” ovulidagi 67-sonli umumtaʼlim maktabidagi gazetxonlar - oʻqituvchilar va oʻquvchilarining “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Robiya Yoʻldosheva bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvi “Har bir kunimiz gazeta bilan!” deb nomlandi.
Munozaralarga boy savol-javoblar asosida boʻlib oʻtgan ijodiy uchrashuvda Robiya Yoʻldosheva matbuotning hayotimizda tutgan oʻrni, yoshlar tarbiyasi borasidagi ahamiyati haqida maʼruza qildi. Oʻz ijodiy ishlari, rejalari, shuningdek, tuman matbuoti sohasidagi oʻzgarishlar, yangiliklar haqida uchrashuv ishtirokchilariga batafsil maʼlumot berdi.
Gazetxonlar bilan ochiq muloqot tarzidagi “Har bir kunimiz gazeta bilan” mavzusida boʻlib oʻtgan uchrashuvda maktab direktorining maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha oʻrinbosari Rustam Qoʻshayev, oʻquvchi-yoshlardan Sveta Xudoyorova, Goʻzaloy Allamberganova, Dilafroʻz Abdullayevalar tuman matbuoti sahifalarida yoritilgan maqolalarda jugʻrofiy mazmun yetishmasligini, “Taraqqiyot koʻzgusi”, “Mening oilam” gazetalari, www.amunews.uz veb sayti, Amudaryo televideniyesi hamda “Jayxun sadosi” internet radiokanali faoliyatidagi kamchiliklar haqida soʻz yuritdilar.
- Biz tuman matbuoti, ayniqsa, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi bilan har kuni birgamiz, - dedi maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha maktab diretorining oʻrinbosari Rustam Qoʻshayev. – Gazetada yoritilgan maqolalar koʻpincha Mangʻit shahri va shahar atrofidagi ovullar, maktablar hayotiga taalluqli boʻlib qolayapti. Masalan, 40-, 38-, 1-sonli, 30-,31-sonli maktab oʻquvchilarining sheʼrlari, maqolalari deyarli har bir sonda yoritilapti. Gazetaning jugʻrofiy qamrovini oshirish zarur.
Uchrashuvda bildirilgan tanqidiy fikrlarga Robiya Yoʻldosheva oʻz munosabatini bildirib, bundan keyin tumanimizning olis qishloqlaridagi maktablarda ijodga qiziquvchi yoshlardan iborat “Yosh muxbirlar” postlari tashkil etilishini bildirdi va shu kuni maktabda Rustam Qoʻshayev rahbarligidagi “Yosh muxbirlar” posti tuzilib, qiziquvchi oʻquvchi-yoshlardan 10 nafari aʼzo boʻldilar.
Nafosat Qoʻshayeva, 67-sonli maktabning Yoshlar ittifoqi
boshlangʻich tashkiloti yetakchisi, “Yosh muxbirlar” posti aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶