17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 23:42
Jamiyat 👁 965

HOFIZNING OʻGʻLI... MATEMATIK

HOFIZNING OʻGʻLI... MATEMATIK

Odatda biror yutuqlarga erishayotgan yoshlar haqida eshitganimizda, albatta, kimning oʻgʻli yo qizi, deya soʻraymiz. Uning yutuqlarini darrov otasi yo onasiningmi, biror yaqinlarining hayotda erishgan natijalariga bogʻlagimiz keladi. Albatta, avlodlar orasidagi irsiy bogʻliqliklarni inkor etib boʻlmaydi. Biroq Amudaryo tumanidagina emas, butun Oʻzbekistonimizdagi sanʼat ixlosmandlarini oʻzining joʻshqin va maftunkor ovozda kuylagan turli tillardagi qoʻshiqlari bilan xushnud etib kelayotgan iqtidorli ijodkor Toʻliboy Yoʻldoshevning oʻgʻli Shohruh Oʻrozmatov sanʼatga emas, aniq fanlarga ixlos qoʻydi. Bu borada erishayotgan natijalari yaqinlarini ham, ustozlarini ham cheksiz quvontirmoqda.

Shohruhda matematika faniga ixlos 4-sonli maktabda oʻqib yurgan vaqtlarida uygʻondi. Buni maktab oʻquvchilariga musiqa fanidan dars beruvchi otasi Toʻliboy Yoʻldoshev, boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi – onasi Barno Rahimovalar qoʻllab-quvvatlashdi, darsdan tashqari ham shugʻullanishiga sharoit yaratib berishdi.

Uning oʻquvchilik davridagi intilishlari Mangʻit qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejiga oʻqishga kirganidan soʻng kelajak maqsadlariga aylandi. Bu yerda u tajribali oʻqituvchi Azimboy Safarboyevdan matematika fani sir-asrorlarini chuqur oʻrgana bordi, erinmay qoʻshimcha mashgʻulotlarga qatnadi. Mehnatlari esa izsiz ketmadi. 2016-yilda fanlar olimpiadasida tumanda, Qoraqalpogʻistonda gʻoliblar safidan joy oldi. Xalqaro matematika olimpiadasida qatnashib, yuqori natijalarni qayd etdi.

Shohruh Oʻrozmatovning tirishqoqlik bilan egallagan puxta bilimi orzulari yoʻlida oʻziga qanot boʻldi. 2016-yilda kollejni tamomlab, Nukus Davlat pedagogika institutining matematika-informatika fakultetiga hujjat topshirib, test sinovlarida eng yuqori ball bilan talabalikka qabul qilinganlarning biri boʻldi.

U ayni kunda oliygohning ikkinchi bosqichida, hamma fanlardan faqat aʼlo baholarga oʻqiyapti. Birinchi bosqichda oʻqishi davomida oliygoh miqyosida oʻtkazilgan fanlar olimpiadasida matematika fanidan gʻoliblikni qoʻlga kiritib, mamlakat bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Iqtidorli yigitning qiziqishlari koʻlami keng. U boʻsh vaqtlarida badiiy asarlar oʻqiydi, sportning kurash turi bilan muntazam shugʻullanadi. Bu borada maktabda oʻquvchilik davrida, talabalik davrida turli musobaqalarda gʻoliblikka erishib, mamlakat bosqichida ham qatnashish baxtiga muyassar boʻldi.

– Odatda kundalik darslardan soʻng biroz dam olib, ovqatlanib, darsda olgan bilimlarimni mustahkamlayman-da kurash bilan shugʻullanib, biroz charchogʻimni yozaman. Keyin yana matematika bilan shugʻullanaman. Bunda menga oliygohdagi ustozim – katta oʻqituvchi Azamat Xoʻjaniyozovning yordami ayniqsa juda qoʻl kelayapti.

Bu yilgi olimpiadada mamlakat boʻyicha gʻolib boʻlishni niyat qilib, tayyorgarlik koʻrayapman. Yaqinda sonlar nazariyasi boʻyicha bir teorema yaratdim. Bu haqda “Ilm va jamiyat” jurnalida maqolam ham bosilib chiqdi. Endi ilmiy ishimni chuqurlashtirib davom ettirmoqchiman.

Yoshiga nisbatan bosiq, mulohazali va alpqomat Shohruh Oʻrozmatov bilan suhbatlashish, hayotda oʻz oldiga qoʻygan orzu-niyatlari haqidagi soʻzlarini tinglash juda maroqli. Uning begʻubor chehrasiga qarab, mamlakatimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodga qaratilayotgan cheksiz gʻamxoʻrlikning ifodasini koʻrganday boʻlasiz. Beixtiyor “Yaratganning oʻzi seni asrasin”, degingiz keladi.

Tumanimizning chekka hududlaridan biri – Amir Temur nomli ovulda tugʻilib, voyaga yetgan, oddiy qishloq oʻgʻlonining iqtidori yanada yuksalib, ilm-fan sohasida koʻpgina yutuqlarga erishishini tilab qolamiz.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026