NOMI BARHAYoT YIGIT
Har bir insonning taqdiri köp jihatdan u tuğilib ösgan muhitga boğliq böladi. Özining qalb qörini, kuç-quvvati va bilimini ixlos qöygan sohasiga sarflagan, tanlagan kasbini uluğlagan inson heç kam bölmaydi.
Tölqin ovulining ajoyib farzandi, kamtarin inson Omon Avazboyev şundaylarning biri edi. U 1971-yil 8-oktyabrda tuğilgan, 28-maktabni 1988-yil aʼlo baholarga tugatib, Toşkent Arxitektura quriliş institutiga öqişga kirib, 1993-yil şu institutni muvaffaqiyatli tamomlab, sanoat va fuqaro qurilişi muhandisi mutaxassisligiga ega bölgan. U maktabda, oliygohda taʼlim oliş jarayonida aqlli, ziyrak, bilimga çanqoq, taşabbuskor edi. Ustozlari, döstlari va boşqalarga hurmat bilan qaraydigan, qalbi pok inson edi.
Omon Avazboyevning orzusi harbiy böliş edi, harbiyça kiyinişni juda yaxşi körardi. Mana şu orzusi yölida 2004-yilgaça Nukus şahridagi harbiy qismlarda mehnat qildi.
2004-yildan 2011-yilgaça tuman Mudofaa işlari bölimining boşliği bölib işladi. 2011-yildan 2012-yilgaça Samarqand viloyati Narpay tumani Mudofaa bölimi boşliği vazifasida işladi. Şuningdek, 2003-yilda leytenant, 2005-yilda katta leytenant, 2007-yilda kapitan, 2012-yilda mayor harbiy unvonlarini olişga erişdi. Omon Avazboyev yana Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 31-oktyabrdagi Farmoniga binoan taʼsis etilgan “Özbekiston Respublikasi Qurolli kuçlariga 20-yil” esdalik nişoni bilan taqdirlangan edi.
Öz Vatanining mudofaa qudrati yuksalişi yölida fidoyi mehnat qilgan yoş harbiy yigitning hali rejalari köp edi. Biroq 2014-yil 5-fevral kuni u bu yoruğ olamni barvaqt tark etdi.
– Men doim Omonning yutuqlaridan quvonib, mening öquvçim, deb faxrlanib yurardim. U öqigan maktabini, ustozlarini, sinfdoşlarini juda qadrlar edi, – deya eslaydi unga taʼlim bergan öqituvçilardan biri Xadiça Ahmedova.
Ha, Omon Avazboyev çin maʼnoda şu yurtning fidoyi öğloni edi. Undan endi mana şunday yorqin xotiralar, 4 nafar bir-biridan odobli, intiluvçan öğil-qizlar – umrining davomçilari qoldi. Şohista, Jahongir, Komila, Hilola... Ularning orzulari hayotda yaxşi insonlar bölib yetişib, bevaqt olamdan ötgan otasi ruhini şod etiş. Jahongir otasi kasbining davomçisi bölişni öz oldiga maqsad qilib qöygan.
Yurtimizda 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kunini qizğin nişonlaşga hozirlik körilayotgan şu qutluğ kunlarda Vatan himoyasiga xizmat qilişni özining farzandlik burçi deb bilib, şu kasbda sadoqat bilan mehnat qilgan Omon Avazboyevni ham esga olişni özimning burçim, deb hisobladim. Uning nomi mangu barhayotdir.
Hayitgul ALLAKOVA,
taʼlim faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶