Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining böşab qolgan örinlarga 2017-yil 17-dekabrda bölib ötgan saylov natijalari töğrisida AXBOPOT
Xalq deputatlari tuman Kengaşiga saylov böyiça tuman saylov komissiyasi tomonidan 2017-yil 16-noyabr kuni “Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşida böşab qolgan örinlarga deputatlar saylovini ötkaziş kunini belgilaş töğrisida” qaror qabul qilinib, qarorga muvofiq 2017-yil 17-dekabr kuni 1-Navoiy, 10-Toşyop saylov okruglarida deputatlar saylovi bölib ötdi.
Tuman saylov komissiyasining qaroriga muvofiq saylovga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça çora-tadbirlar rejasi işlab çiqildi va tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga saylov ötkazuvçi 2 ta okrug saylov komissiyasi va 2 ta uçastka saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlandi.
Uçastka saylov komissiyalari joylaşgan xonalar “Özbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylov ötkazuvçi uçastka saylov komissiyalari işini taşkil qilişga oid Özbekiston Pespublikasi Markaziy saylov komissiyasining eslatmasi”ga asosan töliq jihozlandi.
Saylovga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş okrug va uçastka saylov komissiyalari tomonidan oçiq va oşkora amalga oşirildi. Saylovlar umumiy, teng va töğridan-töğri, yaşirin ovoz beriş yöli bilan ötkazildi.
Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan jami 4 nafar, jumladan, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal demokratik partiyasidan 1 nafar, “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan 1 nafar, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan 1 nafar, Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan 1 nafar nomzod körsatildi. Körsatilgan nomzodlarning barçasi tuman saylov komissiyasi tomonidan röyxatga olindi.
Saylovga doir barça materiallar “Taraqqiyot közgusi” gazetasida eʼlon qilindi. Saylovga tayyorgarlik jarayoni Amudaryo televideniyesi, “Taraqqiyot közgusi” va “Mening oilam” gazetalari hamda amunews.uz veb-saytida, şuningdek, tuman hokimligi va xalq deputatlari tuman Kengaşining rasmiy saytlarida yoritib borildi.
Örni böşab qolgan saylov okruglari böyiça 4554 nafar fuqaro saylovçilar röyxatiga kiritilib, 2017-yil 17-dekabr kungi saylovda ularning 3870 nafari, yaʼni 84,9 foizi iştirok etdilar.
Okrug saylov komissiyalarining xalq deputatlari tuman Kengaşiga saylovlar böyiça saylov natijalari haqida taqdim qilgan yiğiliş bayonlarini tekşirib çiqib, tuman saylov komissiyasi barça saylov okruglarida saylovlar Özbekiston Pespublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylovlar töğrisida”gi Qonuniga muvofiq ravişda ötkazilganligini qayd qiladi.
Saylov natijalariga köra, xalq deputatlari tuman Kengaşiga saylangan quyidagi deputatlar tuman saylov komissiyasi tomonidan röyxatga olindi:
1. Kuşayev Aşirbay Baltabayeviç, 1961-yilda tuğilgan, partiyasiz, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Amudaryo tuman Kengaşi raisining birinçi örinbosari, “Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman bölinmasi raisi. Amudaryo tumani Navbahor köçasi, 12 uyda yaşaydi, 1-Navoiy saylov okrugi;
2. Beknazarova Muqaddas Norim qizi, 1978-yilda tuğilgan, ÖzLiDeP aʼzosi, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Amudaryo tuman Kengaşi raisining diniy-maʼrifiy masalalar böyiça örinbosari. Amudaryo tumani Kimyogarlar köçasi, 26-uyda yaşaydi, 10-Toşyop saylov okrugi.
Yuqoridagilarga asosan, tuman saylov komissiyasi 2017-yil 17-dekabrda saylangan ikki nafar deputatning vakolatlarini qonuniy deb eʼtirof qiladi.
Özbekiston Pespublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylovlar töğrisida”gi Qonuniga muvofiq 2017-yil 29-dekabr kuni bölib ötgan xalq deputatlari tuman Kengaşining 40-sessiyasi qarori bilan yangi saylangan deputatlarning deputatlik vakolatlari eʼtirof etildi.
Anvar KAMOLOV, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga saylov böyiça tuman saylov komissiyasi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶