Tuman Xalq qabulxonasi mudiri: fuqarolar tomonidan 611 ta murojaat kelib tuşdi
Har bir şaxs bevosita özi va boşqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va şikoyatlar bilan murojaat qiliş huquqiga ega. Arizalar, takliflar va şikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda körib çiqilişi şart.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasi.
Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28 dekabrdagi "Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoniga muvofiq Amudaryo tumanida taşkil etilgan Özbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi fuqarolar murojaatlarini öz vaqtida körib çiqiş va xolisona hal etişga xizmat qilmoqda.
Joriy yilning ötgan töqqiz oyi davomida tumanimizdagi Xalq qabulxonasiga fuqarolar tomonidan 611 ta murojaat kelib tuşdi. Şundan 165 ta murojaat Xalq qabulxonasi tomonidan körib çiqildi. 387 tasi tuman hududidagi idora va taşkilotlarga, 59 tasi yuqori taşkilotlarga örganiş va muammolarni bartaraf etiş uçun yuborildi.
Ötgan 9 oy davomida 239 ta murojaat töla qanoatlantirildi, 80 tasi huquqiy maslahat va maʼlumot beriş orqali hal etildi. 188 ta murojaat asosli deb topilib, ular hal etilişi uçun qöşimça hujjat, muddat va örganiş talab etiladigan murojaatlar qatoriga kiritildi hamda 80 nafar fuqaroning murojaati atrofliça örganilib, ular böyiça zarur tuşuntirişlar berildi.
2017-yilning ötgan 9 oyi davomida tumandagi Xalq qabulxonasi tomonidan 390 ta turli mavzudagi tadbirlar ötkazilib, xalqning murojaat va takliflari qabul qilindi. Tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev xalq orasiga kirib, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida 47-marta sayyor qabullar ötkazdi. Tuman prokurori tomonidan ötkazilgan 45 ta, içki işlar bölimi boşliği tomonidan ötkazilgan 44 ta oçiqdan-oçiq muloqotlar, boşqa idora va taşkilotlar rahbarlari iştirokida 247 marta uyuştirilgan yuzma-yuz uçraşuvlar jarayonida tumanimiz aholisi hayotiga oid yeçimini kutayotgan muammolarga barham berilganining özi davlat idoralari bilan oddiy xalq örtasida samimiy munosabatlarning mustahkamlanişida muhim omil böldi.
Har haftaning şanba kuni tuman hokimi rahbarligida huquqni muhofaza qiliş organlari rahbarlari, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, davlat idoralari rahbarlari bilan birgalikda tumanimizning bitta mahallasi va bitta davlat idorasiga borib, şu hududda yaşovçi aholi va şu idorada işlovçi xodimlar bilan uçraşib, aniqlangan dolzarb muammolarni joyida bartaraf etiş yuzasidan aniq çoralar körib bormoqdamiz.
Tumanimizda faoliyat körsatayotgan Xalq qabulxonasi aholi bilan bevosita muloqot qilib, hayotiy muammolarni tezkorlik bilan, şu yerning özida hal etişga keng imkoniyat yaratmoqda va kişilarning oğirini yengil qilib, ularning hukumat idoralariga bölgan işonçini mustahkamlamoqda.
Men fursatdan foydalanib, tumanimiz aholisini Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi bilan muborakbod etaman. Yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovonligi abadiy bölsin!
Erkin RAJABOV,
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri.
(Foto - http://murabbiy-press.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶