SEKTORLAR FAOLIYaTI: MUAMMOLAR JOYIDA HAL QILINMOQDA
Mamlakatimizda aholi farovonligini yuksaltiriş, jamiyatni har tomonlama jadal rivojlantiriş maqsadida qisqa davr içida köplab qaror, farmonlar hamda dasturlar hayotga tatbiq etildi. Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning şu yil 8-avgustdagi "Hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişni taʼminlaşga doir ustuvor çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ham yurt farovonligi va istiqboli, aholi uçun munosib turmuş tarzi yaratilişida muhim dasturilamal bölib xizmat qilmoqda.
Maʼlumki, yurtimizda Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajariş uçun jadal özgarişlar amalga oşirilmoqda. Mana şu jarayon öz örnida mutlaqo yangi tizim joriy etişni taqozo etmoqda. Çunki, hujjatda taʼkidlanganidek, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, şuningdek, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari işini taşkil etiş va faoliyatini baholaşning amaldagi tizimi vazifalarni samarali hal qilişga imkon bermayapti. Darhaqiqat, sohalardagi mavjud, hal etilişi zarur bölgan hayotiy muhim masalalarning öz vaqtida yeçim topmayotgani amaldagi iş uslubini özgartirişni va bu borada yangi uslubni joriy etişni talab etayotgan edi.
Mazkur hujjatda ijroiya va vakillik hokimiyati organlari amaldagi iş uslubini özgartirgan holda aholi örtasidagi mavjud muammolarni aniqlaş va ularga öz vaqtida barham beriş, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş holatini doimiy va manzilli örganiş borasida tizimli faoliyatni taşkil etiş nazarda tutilgan.
Ayni paytda hududlar sektorlarga bölinib, hujjatda körsatilganidek, yangi uslubdagi faoliyat körinişida bu vazifalar jadallik bilan amalga oşirilmoqda. Sektorlar işi "Mahalla-tuman (şahar)-viloyat-respublika” tamoyili asosida olib borilmoqda. Asosiy işlar eng quyi böğin – mahallada bajarilişi zarur bölganligi bois, xonadon va obʼektlarga birma-bir kirilib, aholi bilan bevosita muloqotlar belgilangan vaqtda amalga oşirilmoqda. Natijada aniqlangan muammolar bevosita joyida bartaraf etilmoqda. Joyida hal etişning iloji bölmagan kamçilik va muammolarni esa "yöl xaritalari”ga kiritib, tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda hal etiş yölga qöyilmoqda.
Mazkur hujjat ijrosini taʼminlaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2017-yil 11-avgustda 565-sonli qarori va uning asosida tuman hokimining 25-avgustdagi 531-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga asosan işçi guruhlar tuzildi va 4 ta sektorlarga bölinib, hududlarga tuman hokimi, prokurori, içki işlar bölimi va soliq inspektsiyasi boşliqlari rahbar etib belgilandi. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar işini taşkil etiş böyiça tasdiqlangan Nizomga köra, tört sektorga aholining eng muhim masala va muammolarini yeçiş yuzasidan keng vakolatlar berildi hamda masʼuliyat va javobgarliklari oşirildi.
Har bir sektor böyiça ştablar, masʼullar tarkibi, nazorat guruhlari taşkil etilib, ular öz faoliyatlari doirasida aholi hayotidagi turli xil muammolarni hal etişga, şuningdek, tadbirkorlikni rivojlantiriş, kredit oliş, mehnat bandligi, kam taʼminlangan oilalarga moddiy kömak berilişini yölga qöyiş kabilarga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Tuman hokimi S.Yöldaşev rahbarlik qilayotgan 1-sektor hududiga "Tölqin”, "Çoyköl”, "Qipçoq”, "Qangli” ovul fuqarolar yiğinlari hamda "Bosuv”, "Daryo böyi”, "Uyşin”, "Beştom”, "Qumyop”, Oybek nomli, "Olmazor” va "Gulzor” mahallalari kiradi.
Hududda 7384 xonadon bölib, ularda 49056 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Hududda ehtiyojmand oilalar soni 311, aʼzolari işsiz bölgan oilalar 308, yakka-yolğiz yaşovçilar 69, aʼzolari nogiron bölgan oilalar 268 tani taşkil etadi. Sektor hududida 10 ta köp qavatli uylar, 38 ta ijtimoiy soha obʼektlari joylaşgan. Sektor tarkibiga biriktirilgan işçi guruh masʼullari xonadonlarga, ijtimoiy soha obʼektlariga taşrif buyurib, aholi bilan bevosita muloqotlar ötkazmoqdalar. Mavjud kamçiliklar aniqlanib, köpçiligi joyida bartaraf etilyapti. Aholiga qiyinçilik tuğdirayotgan muammolarga tegişli taşkilotlar bilan birgalikda yeçim topişga harakat qilindi. Barça xonadonlardagi şaroit örganilib, hududdagi 300 xonadonda kredit olişga zarurat borligi aniqlandi. Bu oilalarga yordam körsatilib, jami 2 mlrd. 151 mln. 200 ming sömlik kredit mablağlari olişiga kömaklaşildi. Kredit loyihalari baliqçilik, issiqxona quriş, parrandaçilikni, çorvaçilikni rivojlantiriş va savdo-sotiqni yölga qöyişga qaratilgan bölib, mablağlarni olgan xonadonlar şu kunlarda öz işlarini yölga qöymoqdalar.
Sektor masʼullari tomonidan hududni 2018-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça investitsiya loyihalari manzilli röyxati işlab çiqilib, 112 ta yangi iş örinlarini yaratiş rejalaştirilgan. Buning natijasida işsizlar sonini kamaytirişga erişiş közda tutilgan.
Tuman içki işlar bölimi boşliğiga uçinçi sektor biriktirilgan bölib, hudud 12 ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarini qamrab olgan. Xonadonlar soni 7690 tani taşkil qilib, ularda 50 mingdan ziyod aholi yaşaydi. Sektor aʼzolari tomonidan har bir xonadon va ulardagi ijtimoiy-iqtisodiy muhitni örganiş uçun reja işlab çiqildi hamda şu paytga qadar rejadagi işlar amalga oşirilib kelinmoqda.
Aholi bilan muloqotlar va uçraşuvlar jarayonida bolalar boğçasi, sport maydonçalari, dorixonalarga hududda ehtiyoj borligi aniqlandi hamda bu böyiça bildirilgan takliflar inobatga olinib, rejaga kiritildi. Asosan tomorqaçilik bilan şuğullanadigan aholiga tomorqa işlarini yuritişda oqar suvni keltiriş qiyin-çilik tuğdirayotganligi sababli, tegişli taşkilotlar yordamida bu muammolar bartaraf etildi. Bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblangan aholi bandligini taʼminlaşga ham eʼtibor qaratilib, iş bilan taʼminlanmagan aholi tadbirkorlikka keng jalb etilmoqda. Jumladan, sektor hududida 957 ta yangi iş örinlarini yaratiş rejalaştirilgan bölib, ular sanoat sohasi, xizmat körsatiş, qişloq xöjaligi, faoliyat körsatmayotgan korxonalar faoliyatini tiklaş, böş turgan davlat obʼektlarini ijaraga beriş yoki xususiylaştiriş, qurilişlardagi mavsumiy va vaqtinça işlar, oilaviy tadbirkorlikni yölga qöyiş kabilar orqali yaratilişi közda tutilgan.
– Hududdagi işlar belgilangan reja asosida amalga oşirilmoqda, – deydi 3-sektorga rahbarlik qilayotgan tuman içki işlar bölimi boşliği D.Ibragimov. – Sektor ştabi aholining kelib-ketişiga qulay bölgan joyda, yaʼni Melioratsiya va suv xöjaligi kasb-hunar kolleji binosida joylaşgan. Ştab kerakli jihozlar bilan taʼminlangan. U yerda sektorga jalb etilgan mutaxassislar faoliyat körsatib kelmoqda. Şu kunga qadar tuman miqyosida yeçiladigan 752 muammo joyida bartaraf etildi. Respublika miqyosida yeçiladigan muammolar esa "Yöl xaritasi”ga kiritildi. Hududdagi 1300 dan ziyod kam taʼminlangan oilalarga kreditlar beriş, parranda tarqatiş, moddiy yordamlar ajratiş kabi amaliy yordam körsatildi. Tumandagi tijorat banklaridan 1 mlrd. 856 mln. sömlik kredit mablağlari 294 nafar fuqarolarga ajratib berildi. Jumladan, "Boyovul” mahallasida joylaşgan köp xonadonli, ikki qavatli uylar fasadlari taʼmirlandi va 8 nafar kam taʼminlangan fuqaroga yangi biometrik pasportlar berildi.
Sektor işçi guruhi hududdagi sanoat korxonalariga ham taşrif buyurib, ularni eksport faoliyatiga jalb qiliş hamda sohadagi mavjud kamçilik va muammolarga yeçim topiş, ularning joyida hal qilinişiga erişilmoqda.
Boşqa sektorlardagi kabi törtinçi sektor hududida ham ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça işlar muntazam amalga oşirilib kelinmoqda. Sektor hududiga "Nazarxon”, "Toşyop”, "Namuna” ovullari hamda "Çordara”, "Böston”, Beruniy nomli, Navoiy nomli mahallalar kiradi. Ştab Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kolleji binosida joylaşgan bölib, u yerda yetarli şaroit yaratilgan. Hududdagi 4165 xonadonda 28833 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Undan taşqari, 6 ta köpqavatli uylar, 21 ta ijtimoiy soha obʼektlari mavjud. Ehtiyojmand oilalar soni 212, aʼzolari işsiz oilalar 308, aʼzolari nogiron oilalar 386 tadan iborat.
– Törtinçi sektor hududiga biriktirilgan işçi guruh bilan birgalikda uyma-uy yurib, barça xonadonlarda böldik. Örganiş jarayonida 80 ga yaqin muammo borligi aniqlandi. Ularning 29 tasi joyida bartaraf etildi. Qolgan 51 tasi esa qisqa muddatlar içida tegişli taşkilotlar bilan birgalikda hal etildi. Işsiz aholining bandligiga kömaklaşiş maqsadida köpçilik oilalarga kredit berilişida amaliy yordam körsatilib, issiqxona quriş, parrandaçilik, çorvaçilik, asalariçilik va boğdorçilikni rivojlantiriş kabi maqsadlarga jami 1 mlrd. 417 mln. 770 ming sömlik kredit mablağlari ajratildi. Sektorimiz hududida yaşovçi aholi muammolari bartaraf etilayotganidan, Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va xalq manfaatlarini közlab amalga oşirilayotgan özgarişlar, islohotlardan nihoyatda mamnun, – deydi 4-sektor rahbari, tuman davlat soliq inspektsiyasi boşliği B.Kamolov.
Bu sektorda ham hududni kelgusi yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça investitsiya loyihalari manzilli röyxati işlab çiqildi. Yangi loyihalar işga tuşirilgaç, hududdagi işsizlar soni keskin kamayişi kutilmoqda.
Mamlakatimizda inson manfaatlariga alohida eʼtibor qaratilib, davlat organlarining xalq bilan işlaş tizimi tubdan takomillaştirilmoqda. Har bir inson dard-u taşvişiga davlat ahamiyatidagi muammo sifatida qaralib, amaliy yordam körsatilayotgani ularning adolatga, ertangi kunga işonçini mustahkamlamoqda. Bu esa xalq bilan muloqot qilişda joriy etilgan yangi tizimning samara körsatayotganidan dalolat beradi.
Ozoda XUDOYBERGANOVA, jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶