17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 19:20
Jamiyat 👁 4,254

ShINAM VA ARZON UY-JOYLAR QIShLOQLARIMIZ KOʻRKIGA KOʻRK BAGʻIShLAMOQDA

ShINAM VA ARZON UY-JOYLAR QIShLOQLARIMIZ KOʻRKIGA KOʻRK BAGʻIShLAMOQDA

Oila – jamiyatning kichik bir boʻlagi, deya eʼtirof etiladi. Chunki oilalarda turmush yaxshi boʻlsa, ular farovon hayot kechirsa, jamiyatga koʻrk bagʻishlaydi va mamlakat  ravnaq topadi.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov xalqning turmush tarzini yaxshilash va oilalarning uy-joyga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash maqsadida namunaviy loyihadagi uy-joylar qurilishini yoʻlga qoʻygan edilar. Ayniqsa, qishloqlarda yashovchi aholi turmush tarzi yaxshilanishida ahamiyat kasb etayotgan sohadagi mazkur islohot davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan uzviy davom ettirilib, 2016-yil 21-oktyabrda "2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida” Qaror qabul qilindi.

Arzon, zamonaviy va shinam uy-joylar qarorga asosan imtiyozli ipoteka krediti asosida berilishi aholiga katta qulaylik yaratdi. Dastur boʻyicha arzon uy-joylar uch turdagi koʻrinishda qurilishi nazarda tutildi. Rejaga muvofiq, ularga ajratilishi kerak boʻlgan maydonlar hamda tayyor boʻlgan uyning narxlarining taxminiy qiymatlari ishlab chiqildi.

– Maydonning qanchaligi va narxlar qandayligi talabgorlarni qiziqtirishi tabiiy, – deya maʼlumot beradi tuman hokimining Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari U.Polvonov. – 16 xonadonli 2 qavatli uydagi har bir ikki xonali xonadonning narxi taxminan 74 mln. soʻm atrofida boʻlishi rejalashtirildi. Uch xonali xonadonlar joylashgan 16 xonadonli, koʻp qavatli uylar esa oʻrtacha narxi 85 mln. soʻm boʻlishi belgilandi. Undan tashqari, xonadonlar egalarining talab va istaklari inobatga olinib, hovlida bolalar maydonchalari, dam olish uchun ayvonlar va boshqalar qurish nazarda tutilgan. Shuningdek, 0,02 ga maydonda joylashadigan uch xonali uylar narxi oʻrtacha 119 mln. soʻm boʻlishi rejalashtirildi. 0,04 ga yerga quriladigan uylar yagona blokka birlashtiriladigan ikki qavatli va toʻrt xonali xonadonlar hisoblanadi. Ularga mahalliy sharoitdan kelib chiqib yer maydonlari ajratiladi va narxlari taxminan 206 mln. soʻmni tashkil etishi mumkinligi belgilandi.

Oilalardagi yillik daromad oʻrtacha hisoblab chiqiladigan boʻlsa, uy-joylarning keltirilgan bu narxlari biroz qimmat tuyulishi mumkin. Biroq, tashvishga aslo hojat yoʻq. Chunki, qarorga muvofiq mazkur uy-joylar uchun jismoniy shaxslarga banklarda uzoq muddatli kreditlar ajratilishi va bu kreditlardan foydalanganlik uchun imtiyozlar ham berilishi yoʻlga qoʻyilgan. Faqat uy-joylar qurilishi aholining oʻz mablagʻi, yaʼni boshlangʻich badal hisobidan moliyalashtirilishi tufayli bunday xonadonga ega boʻlishni istaydigan talabgorlar uyning turiga qarab koʻrsatilgan foizlarda boshlangʻich badal toʻlashlari kerak boʻladi.

– Tumanimizda uy-joyga ehtiyojmandlar juda koʻp. Aholi talabidan kelib chiqib, sharoitga koʻra, tumanda qishloq joylarida yangilangan namunaviy loyihalar asosida 122 ta uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan edi. Bugungi kunda 122 ta xonadonda oxirgi pardozlash ishlari ketmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashriflarida, arzonlashtirilgan uy-joylarga talabgorlarning koʻpligini inobatga olib, qurilayotgan uylar sonini yana koʻpaytirish takliflarini kiritdilar. Bu taklif ayni muddao boʻldi va tumanimizda yana 75 ta uyning qurilish ishlari boshlab yuborildi. Uy-joylarini oʻz egalariga tezda topshirish uchun shu kunlarda qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda, – deydi tuman uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi mutaxassisi O.Madraimov.

Arzonlashtirilgan uy-joylar tumanimizdagi «Yuqori Tuvilgʻa», «Toshyop», «Oʻrta qalʼa» ovulidagi «Vaxum», «Daryo boʻyi» mahallasidagi «Besh tom» massivlarida qad rostlamoqda. Hademay ular qurib bitkazilib, oʻz egalariga topshiriladi va tumanimizdagi koʻpgina oilalar zamonaviy, qulay sharoitlar yaratilgan, shinam uylarga ega boʻladilar. Davlatimiz aholiga qisqa fursat ichida mana shunday uyga ega boʻlish imkoniyatini yaratmoqda. Chunki, mamlakatimizda kichik bir boʻlak boʻlgan oilalar – jamiyat koʻrki sifatida eʼtirof etiladi. Zero, oilada farovonlik boʻlsa, jamiyat ravnaq topadi.

Ozoda XUDOYBERGANOVA, jurnalist.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026