MAKTAB VA ŞINAM SINFLARDAGI ÖQUV DAVRINI SOĞINDIK
Tojdor virus – bugun bu mavzu bilan boğliq voqea-jarayonlar, yangilik-xabarlar insoniyatning kundalik hayotiga aylandi. Afsuski, pandemiya zararlaridan bizning mamlakatimiz ham yiroq emas. 2020-yil dunyo tarixida sinovli davr sifatida qoladi. Yana şuni aytişim kerakki, nazarimda, 2020-yil matonatimizni, Vatanimizga, xalqimizga bölgan sadoqatimizni körsatişga imkon yaratdi.
Barçamizga maʼlum, ötgan öquv yilini onlayn tarzda yakunladik. OAV da olib borilgan masofaviy darslar öquvçilarimizning bilimga çanqoqligini, öqituvçilarimizning jonkuyarligini namoyon qildi. Zero, bu işlarning zamirida yurtboşimizning otalarça ğamxörligi, eʼtibori bor.
Biz öqituvçilar masofadan turib, öquvçilarimizga ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn turda dars maşğulotlarini olib bordik. Rosti, iş faoliyatimizga kutilmaganda kirib kelgan dars ötişning bunday yangiça usuli heç birimizni sarosimaga solmadi. Aksinça, maʼsofaviy taʼlim turli xil axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalaniş imkonini yaratdi hamda sohadagilarning, yaʼni taʼlim beruvçi va oluvçilarning tezkor axborot almaşinuviga moslaşişini taʼminladi.
Karantin davridagi masofaviy taʼlim jarayonlari davomida internet tarmoqlarining, OAVning yurtimizda ham şu darajada rivojlanganligidan quvondim.
Fursat kelganida hozirgi davr qahramonlari – şifokorlarimizga minnatdorçilik bildirişni örinli deb bilaman. Aziz haloskorlarimiz, kasbingizga sadoqatingiz uçun rahmat.
"Koronavirusga qarşi kuraşişdagi öziga xos "jang maydoni"da tibbiyot xodimlari birinçi zarbani qabul qilmoqdalar. Dunyo böylab, xususan, mamlakatimizda şifokorlarning öz kasbiga sadoqati, xalqimiz, ota-onalarimiz, farzandlarimiz soğligi yölida tunu-kun qilayotgan mehnati barçamiz uçun jasorat namunasi bölmoqda" - deb muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev haq gapni aytgan edi.
Mana yangi öquv yili boşlanişiga ham oz qoldi. Barça yurtdoşlarimiz qatori men ham butun dunyoda, mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tugatilib, öquvçilarim, hamkasblarim bilan soğ-salomat körişişimizga va şinam, çiroyli sinfxonalarda öquvçilarimiz bilan yuzma-yuz dars ötişimizga umidimiz va işonçimiz katta.
Sarviniso Rajabova, 55-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶