Yangi yil yarmarkasi: arzon va sifatli mahsulotlar xarididan xalq mamnun
Yurtimizda turli bayramlar oldidan aholiga arzon narxlarda sifatli qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriş anʼanaga aylangan. Sababi, bayramlar arafasida isteʼmol bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlariga talab oşişi tufayli “olibsotarlar” tomonidan narxlarni sunʼiy oşirib yuborişi holatlari uçrab turadi.
Mana şunday holatlarning oldini oliş, aholini zarur bölgan birinçi darajali oziq-ovqat mahsulotlari bilan töliq taʼminlaş, narxlar barqarorligini saqlaş maqsadida har yili Respublikamizning barça tuman, şahar markazlarida oziq-ovqat yarmarkalari taşkil etiladi.
Amudaryo tumanida ham şu yilning 1-dekabr kunidan boşlab “Manğit Dehqon bozori” maʼsuliyati çeklangan jamiyatida oziq-ovqat yarmarkalari taşkil etildi.
Yarmarkada aholiga qulay xizmat körsatiş uçun barça şaroitlar yaratilgan. Jumladan, sotuvçilarning oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotalarini sotişlari uçun tegişli rastalar, sovutgiçlar, tarozilar va mahsulotlarni saqlaş uçun omborxonalar ajratilib, taşkil etilgan yarmarka savdosiga jalb etilgan tadbirkorlik subʼektlari tölov terminallari va nazorat kassa maşinalari bilan töliq taʼminlangan.
Ahamiyatlisi, oziq-ovqat yarmarkasida fermer va dehqonlarga öz mahsulotlarini peştaxtalarni ijaraga olmagan holda xaridorlarga töğridan-töğri sotiş imkoniyati berilgan.
Uşbu yarmarkalarda 30 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, fermer xöjaliklari tomonidan yetkazib berilayotgan qoramol, qöy, tovuq göştlari, tuxum va sut mahsulotlari, meva-çeva, poliz va sabzavot, şuningdek, qandolatçilik, korxonalarning boşqa turdagi mahsulotlari istisno tariqasida, işlab çiqariş baholarida sotilmoqda.
Bozorga kiritilayotgan barça turdagi oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlari sanitariya laboratoriyalari xodimlari tekşiruvdan ötkazilib, sotişga ruxsat berilmoqda.
Bozor rastalari va dökon peştaxtalari sarxil neʼmatlar bilan töldirilganidan tumanimiz aholisi mamnun bölib, bayramga özgaça tayyorgarlik körişmoqda.
Tadbirkorlarning fidoyi mehnatlari samarasi bölgan qandolançilik mahsulotlari, yangi yil dasturxonlari uçun maxsus tayyorlangan turli xil tortlar, Yangi yil arçasi bezak-öyinçoqlari narxining hamyonbopligi xaridorlarga manzur bölmoqda.
Uşbu yarmarkalar xalqimizga dehqon va sohibkorlarning, tadbirkorlarning haqiqiy bayram tuhfasi böldi.
Yangi yil bayramini barça özgaça quvonç bilan qarşi oladi, tökin dasturxon atrofida kirib kelayotgan yilning xayrli bölişini tilab duolar qiladi. “Manğit dehqon bozori” maʼsuliyati çeklangan jamiyati va tegişli nazorat organlari bilan hamkorlikda taşkil etilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi yurtdoşlarimizning bayram şodligiga şodlik qöşişi şabhasiz.
Yarmarka 2023-yilning 5-yanvariga qadar davom etadi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶