Sayyor qabulda muammolar yeçimini topdi
Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevning taşabuslari bilan mamlakatimizda xalq bilan muloqot qiliş, aholini öylantirayotgan muammolarga tezkor yeçim topişning zamonaviy va samarali tizmi yölga qöyilgani odamlarning davlatimizgaga, ertangi kunimizga işonçini yanada mustahkamlamoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi "Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoniga asosan taşkil qilingan Özbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, joylardagi Xalq qabulxonalari hamda virtual qabulxona bu borada muhim vosita bölmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş xizmati vakillari tomonidan joylarda sayyor qabullar ötkazilib, Prezidentimizning xalq qabulxonasi va virtual qabulxonasiga kelib tuşayotgan murojaatlar tahlil qilinmoqda. Muammolarni hal qiliş, murojaatlarni qanoatlantiriş maqsadida tegişli soha rahbarlari ariza va şikoyat yöllagan fuqarolar hamda yuridik şaxslarning vakillari bilan şaxsan uçraşmoqda.
5-sentyabr kuni tumanimizda ham şu kabi sayyor qabul ötkazildi. Sayyor qabulda Özbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga va Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasiga kelib tuşgan, Respublika miqyosida yeçimini kutayotgan 30 dan ortiq murojaatlar turli vazirlik va idoralar masʼullari iştirokida körib çiqildi.

Joriy yil hisobiga ikkinçi marta ötkazilayotgan sayyor qabulda Özbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masʼullari boşçiligida fuqarolarimizni qiynab kelayotgan köplab muammolarga yeçim topildi, ayrim masalalar qonun doirasida körib çiqiş va hal qiliş uçun tegişli davlat organlariga yuborildi.
Aytiş kerakki, tumandagi Xalq qabulxonasiga fuqarolardan kelib tuşayotgan murojaatlarni iloji boriça tumanning özida hal qiliş çoralari körilmoqda. Şu maqsadda har haftaning çorşanba va şanba kunlari tuman hokimidan tortib, barça sohalarning masʼul rahbarlari iştirokida Xalq qabulxonasida fuqarolar bevosita qabul qilinadi.

Birgina joriy yilning ötgan 8 oyi davomida Xalq qabulxonasiga kelib tuşgan 481 ta murojaatlarning 199 tasi, yoki 42 foizi joyida, tumanning özida hal qilingani fikrimizning isbotidir.

Darhaqiqat, har bir murojaat ortida inson taqdiri turadi. Bugungiday sayyor qabullarning ötkazilişi, odamlarni öylantirayotgan muammolarga yeçim topilib, taklif va şikoyatlarining inobatga olinişi ularning bugunidan rozi bölib yaşaşi, ertangi kunga işonçi yanada mustahkam bölişiga xizmat qiladi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶