22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 20:21
Jamiyat 👁 8,187

BU MUQADDAS VATANDA AZIZDIR INSON

BU MUQADDAS VATANDA AZIZDIR INSON

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligiga

Shukrona

Oʻzbekiston sobiq ittifoq davrida eng qimmatbaho xomashyo – paxta yetishtiruvchi respublika sanalsa-da, mamlakatdagi  eng qoloq hududlardan biri edi. Markaz oʻzbekistonliklarning chinakam manfaatlari, oʻziga xos sharoiti va imkoniyatlarini pisand qilmas, maʼmuriy buyruqbozlik jabrini oddiy xalq koʻrar edi.

Paxtachilik sohasiga doir texnologiyalar, yonilgʻi-moylash materiallari, asbob-uskunalardan tortib, kundalik  hayot uchun muhim boʻlgan xalq isteʼmoli mollari-yu hatto oʻzimizda yetishtirish imkoniyatlari keng boʻlgan don va goʻshtning 70 foizi, kartoshkaning 60 foizi, shakar 100 foiz chetdan olib kirilardi. Behisob zahiralari mavjud boʻlishiga qaramay, osh tuzi ham tashqaridan keltirilardi. Bundan koʻzlangan maqsad juda ayovsiz edi: Oʻzbekistonni markazga qaramlikda ushlab turish va jahon bozorida gʻoyatda qimmatbahoda sotiladigan paxta yetishtirishni yil sayin koʻpaytirish. Bu maqsadga  xalal berishi mumkin boʻlgan, ajdodlarimizdan asrlar davomida sayqallanib yetib kelgan kasb-hunar zavolga yuz tutdi, xalqning tadbirkorlik qobiliyati boʻgʻildi.

Mustaqillik! Bu soʻzni shunchaki aytib boʻlmaydi. Jon qadar aziz, moʻʼtabar shu birgina soʻz zamirida ajdodlarimizning erk va ozodlik uchun olib borgan kurashlari, Yaratganning bizga nasib  etgan bu qutlugʻ neʼmati va shu tufayli erishgan ozod va tinch-osuda turmushimiz bor.

Ha, mustaqillik bizga oʻz yurtimizga hukmronlikni, oʻlkamizning behisob boyliklariga egalikni qaytarib berdi. Oradan oʻtgan 26-yil mobaynida jafokash xalqimiz oʻz qoʻli bilan oʻzining yorugʻ kelajagini bunyod etdi.

26 yillik qutlugʻ dovondan turib yurtimizning, shu jumladan, tumanimizning bugungi qiyofasiga nazar tashlagan odamning yuragi faxr-iftixordan toʻlib-toshib ketadi. Tiliga beixtiyor shukrona keladi.

 

Oʻtgan kunlarni

xotirlaganda...

Istiqloldan oldingi yillarda Mangʻitdan Qilichboyga yo Qipchoqqa, Jumurtovga borib kelish uchun yoʻlga odamning  yarim kuni ketardi. Respublikamiz markazi – Nukus shahriga kuniga ikki yo uch reys avtobus qatnar, uyam Turkmaniston davlati orqali uch-toʻrt soatlab yoʻl bosardi, desam ishonmaydiganlar topilsa kerak. Eh... u paytlarda turmush shunchalar nochor ediki...

... Oʻshanda 1968-yilning koʻklami edi. Qish qattiq kelganmidi yo bir ofatmi, koʻklamda qish boʻyi muzlab yotgan daryo suvi erib, oʻzaniga sigʻmay toshqin yuz berdi. "Toʻlqin” ovulida koʻpgina oilalarning hovli-joylari suv ostida qolib, vayronaga aylandi.

Shunda suv toshqinidan talofat koʻrgan avval xutor holida yashagan oilalarga posyolkalashtirib hovli-joy solish uchun yer berildi. Bu-ku yaxshi tadbir boʻldi. Biroq oʻsha vaqtlarda ikki-uch xonali joyni solib, epaqaga keltirguncha bir-ikki yillab hovlisi bor qarindoshlarinikida, hatto  yertoʻlalarda yashagan oilalar ham boʻldi.

Endi shularni eslasam, hozir koʻz oʻngimizda hovli-joylarning, maʼmuriy binolarning, maktab, maktabgacha taʼlim muassasalari binolarining, savdo, maishiy xizmat koʻrsatishga moʻljallangan binolarning juda qisqa muddatlarda boʻy tiklab, foydalanishga topshirilayotganligi, aholining ham turar joylarini bir necha oylar ichidayoq qurib bitkazib olayotgani  xalqimizning istiqlol sababli yuzaga chiqqan bunyodkorlik salohiyati tufayli ekanligi oydek ravshan boʻladi.

Bir vaqtlar dasturxonimizda faqat non boʻlar edi. Hovlilar boʻsagʻasigacha paxta ekilgach, qishloq odami tongdan shomgacha paxta dalasida ishlagach, mevani kim yetishtirsin, axir?! Toʻrtta moli beshta boʻlgan odam shaxsiy boylik orttirgan boʻlib, markaz siyosati qurboniga aylanib tursa, kim yurak yutib farovonlikka intilardi? Yaratganga beadad shukronalar boʻlsinki, bularning bari endi oʻtmishda qoldi.

 

Bugungi kun manzaralari

Ayni kunlarda mamlakatimizning, tumanimizning qaysi burchagiga bormang, koʻchalar biri-biridan obod, keng, ravon, oddiy mehnatkashlarning ham hovli-joyi zamonaviy uslublarda taʼmirlangan, har bir oila  oʻz hovli-joyiga ega, deyarli hamma xonadonlarda oʻzimiz-da ishlab chiqarilgan mashinalar, qoʻrasi molga toʻla. Ha, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning har bir oila farovon yashashiga erishish uchun qishloqda yashovchi aholiga qoʻshimcha tomorqalar berish, hovli qurish uchun yer uchastkalari ajratish, tadbirkorlik va xususiy biznes bilan shugʻullanuvchilarga zarur shart-sharoitlar yaratishga va shu barobarida xalqning iqtisodiy ahvolini yaxshilashga doir olib borgan xalqchil siyosati oʻzbekistonliklarning hayotini qisqa muddatlarda tubdan oʻzgartirib yuborgani ayni haqiqat. Mamlakat ijtimoiy hayotida aholining birlamchi ehtiyoji boʻlgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish ustuvor maqsad qilib qoʻyildi va shu yoʻnalishda olib borilgan saʼy-harakatlar oʻzbekistonliklarning qanchalar buyuk ishlarga qodir ekanligini butun dunyoga koʻrsatdi. Koʻrsatgani shu boʻldiki, avval chetga qaram boʻlgan Oʻzbekiston qisqa muddatlarda oʻz xalqini oʻzi boqa oladigan davlatga aylandi. 2015-yilda Oʻzbekiston BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti  (FAO)ga aʼzo davlatlarning  oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun  beriladigan mukofotga sazovor boʻlgan 14 ta davlatdan biri sifatida eʼtirof etildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston xalqaro ekspertlar aniqlashicha, eng tinch-osoyishta mamlakat, oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlangan mamlakat, iqtisodi barqaror rivojlanayotgan mamlakat sifatida ham yuqori  oʻrinlardan joy olgan. Eng muhimi, inson omiliga eʼtibor kun sayin kuchaytirilmoqda. Munosib turmush va mehnat sharoitlari yaratish evaziga har kimning oʻz hayotidan, tuzumdan rozi boʻlib yashashiga erishish bugungi kunning asosiy vazifasidir.

Muhtaram Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning joriy yilimizni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deya ataganlari zamirida yanada ulkan ezgu maqsadlar mujassamlashgan.

 

Xalq boy boʻlsa...

Dunyo tamadduniga ulkan hissa qoʻshgan fozil-fuzalolarning avlodi boʻlmish bagʻrikeng, nekbin xalqimiz barcha sohalarda ham ulkan  salohiyatga egaligini allaqachon dunyo tan oldi, ilm-fanda, sanʼatda, adabiyotda, sportda...

 Bularning zamirida ularga yaratilayotgan sharoitlar muhim oʻrin tutadi.

Sharoit... bu haqda oʻylaganimizda koʻnglimizni nurafshon qiladigan, ertagi kungi ishlarimizga ragʻbat beradigan omillar juda koʻp.

 Shu yilning boshidan beri oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish uchun chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, quyonchilik, bogʻdorchilikni yoʻlga qoʻyish va muzlatkich oʻrnatish uchun 105 ta loyiha, sanoat salohiyatini oshirish uchun 39 ta loyiha, xizmat koʻrsatish va servis obʼektlari tashkil qilish uchun 107 ta loyiha tumanda faoliyat koʻrsatayotgan banklar filiallari tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlanib, kreditlar ajratildi.

Shuningdek, 110 nafar kollejlar bitiruvchilariga oʻz biznesini yilga  qoʻyishlariga kreditlar berildi.

"Oddiy aholini tadbirkorlikka jalb qilish” shiori ostida joriy yil boshidan beri amalga oshirib kelinayotgan ishlar samarasi sifatida odamlarning daromad manbalarini yaratishlariga koʻmaklashish maqsadida tijorat banklari tomonidan 3-yil muddatga imtiyozli kreditlar berilgani xalqimizga chin maʼnoda madad boʻldi. Bu chora-tadbirlar mamlakatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev taʼkidlaganlariday, xalqimiz turmushi sifatini oshirishga, har bir xonadonni, pirovardida davlatimizni boy va qudratli qilishga qaratilgandir.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2015-yilda "Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilingan edi.

Qarorga muvofiq fermer va dehqonlarimizning ichki isteʼmol bozoridan ortgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarish imkoniyati yaratilgan, bundan olingan tushumlarning 25 foizini davlatga majburiy sotish belgilab qoʻyilgan edi.

Mamlakatimiz Prezidentining shu yil 28-iyuldagi "Mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq mahalliy eksport qiluvchi korxonalar va fermer xoʻjaliklar faoliyatini, ularning tashqi bozorlarda raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishi va eksport qilishini ragʻbatlantirish, shuningdek, valyuta bozorini yanada liberallashtirish maqsadida ularning mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) eksport qilishdan valyuta tushumlarining 25 foizini majburiy sotish boʻyicha talab bekor qilindi.

Mamlakatimiz mustaqilligining  26 yilligi arafasida yana bir qutlugʻ ishga tamal  toshi qoʻyildi: oʻtgan yili Oʻzbekiston oziq-ovqat korxonalari asotsiatsiyasi bazasida tashkil etilgan "Oʻzbekoziqovqatxolding” Xolding kompaniyasi UzAgro brendi ostida xorij bozorlariga yangi va qayta ishlangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, shuningdek oziq-ovqat sanoati mahsulotlari yetkazib bera boshladi. UzAgro brendi ostidagi koʻplab biologik xususiyatlari va taʼmi beqiyos boʻlgan mahsulotlar tez orada oʻz xaridorlariga ega boʻldi.

 

Har kuni oʻzgarishlar

Ha, avvalgi tuzumda faqat ishga borib kelib, oʻrtamiyona maoshni keyingi oygacha qanday yetkazishni xayol surib kun oʻtkazishlarimiz endi xotiraga aylandi.

Shiddatkor davrimizning har bir kuni mamlakatimizda qutlugʻ evrilishlar, oʻzgarishlar, bunyodkorliklar  bilan kechayotir.

Eng muhimi, xalqimiz bu saʼy-harakatlar oʻz turmushi obodligi, farovonligi uchun ekanligini anglagan holda bu jarayonlarda  faol harakat qilmoqda. Istiqlol davrida erishilgan  yutuqlarning, qisqa muddatda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorliklarning, oʻzgarishlarning ham sababi shu boʻlsa ajab emas.

... May oyining oxirlari edi. Bir kuni ertalabki nonushta paytida besh yashar nevaram:

– Ena, biznikiga ham Prezident bobom keladimi? – deb bolalarga xos shirin tilda soʻrab qoldi.

Nevaram muhtaram Yurtboshimizning viloyatlarga tashrif buyurganlarida xonadonlarga kirib, odamlar bilan suhbatlashganlarini televizorda koʻrgani uchun shunday xayolga borganini tushundim.

– Ha, keladilar qizim, keladilar, – dedim qatʼiy.

– Kelsalar, qaymogʻimdan berar edim-da, – dedi onasi tarelkaga solib bergan qaymoqqa qarab.

Tomogʻimga nimadir tiqilgandek boʻldi. Jajji qizalogʻim katta oʻgʻlimizga imorat solib berish uchun (shaharda yashasak-da, sogʻin sigirsiz boʻlmasdik) sigirimizni sotganimizdan soʻng sut-qatiqqa biroz tashna boʻlganimiz, yaqinda imtiyozli kreditga sogʻin sigir olganimizga mamlakatimiz rahbariga minnatdorchiligi ifodasi sifatida qaymogʻini hadya etmoqchi  ekanligini anglab turardim.

Sigirimizni ancha vaqtgacha Prezidentimiz qarori bilan olganmiz, deb oila aʼzolarimiz bilan quvonishib aytib yurgan edik-da.

Oilamizda ulgʻayayotgan goʻdak ham Yurtboshimizning, davlatimizning elga gʻamxoʻrligini his qilib turganligini sezib, yuragim toʻlib ketdi va yana iqror boʻlaman, nainki mening nevaram, jamiyatimizning har bir aʼzosi – xoh u yosh, yo katta, sogʻlom yo nogiron, hech kim davlatimiz eʼtiboridan chetda qolayotgani yoʻq.

Tumanimizda birgina joriy yilning oʻzida 197 ta yangi uy-joylar, shundan 30 ta arzonlashtirilgan, 2 ta 32 oilaga moʻljallangan koʻp qavatli uy-joylar qurilib (yana uzoq muddatli kredit hisobiga!) foydalanishga topshirilayotgani, keksalarga nafaqasining naqd pulda berilishi yoʻlga qoʻyilgani, tumanimizning eng chekka hududlari ham uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlanayotgani... xullas, har kuni bir ijobiy oʻzgarishlar...

Eng muhimi, bu bizning shu aziz diyorda baxtiyor, saodatli, farovon yashashimizga, turmushimizdan rozi boʻlib, emin-erkin yashashimizga xizmat qilmoqda.

Ilohim, inson qadr-qimmati yuksak tutilgan yurtimiz doimo tinch boʻlsin!

Oygul RAJABOVA.

(Foto - http://ijod.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026