22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 20:20
Jamiyat 👁 6,153

AYoL BOʻLIB TUGʻILISh BAXT SANALUVChI YuRTIM

"... Oila sogʻlom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir”, deya yozgan edi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov "Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch” asarida.

Oilalar sogʻlomligi, undagi sof maʼnaviy muhitning barqarorligi, tinch-totuvligi esa nomi ojiza sanalsa-da, tabiatan mehri ummonday, mislsiz sabru qanoatga ega, farishtaga qiyos qilinguvchi ayolga bogʻliq.

Shu boisdan ham mustaqillik yillarida oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning  oiladagi va jamiyat hayotidagi rolini oshirish, ijtimoiy va siyosiy faolligini hamda mavqeini  yuksaltirish davlatimizning ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Shu maqsadga xizmat qiluvchi qator farmonlar, qarorlar, dasturlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etilmoqda. Natijada har bir ayol, qizning oʻz qiziqishlari, tanlagan sohasida emin-erkin faoliyat olib borishiga, iqtidorini namoyon eta olishiga imkoniyatlar yaratildi. Pirovardida ilm, fan, sanʼat, adabiyot, sportda, ishlab chiqarishning turli sohalarida qoʻlga kiritilayotgan ulkan yutuqlarda, yuksalishlarda, hatto mamlakat boshqaruvida xotin-qizlarning hissasi nechogʻlik ulkan ekanligi bugun barchamizga ayon.

Bular haqida oʻylash – har bir ayol-qiz koʻnglida hayotdan mamnunlik uygʻotishi shubhasiz. Va beixtiyor tilimizga shukrona keladi. Axir biz umrguzaronlik qilayotgan yer kurrasining turli hududlarida hayot turlicha, ayollarga munosabat turlicha...

Yaqinda xalqaro ekspertlar ayol boʻlib tugʻilish dahshat sanalgan davlatlar roʻyxatini eʼlon qildi. Undagi maʼlumotlarni oʻqib koʻrib... toʻgʻrisi, qanchalik tolei baland ayol ekanligimni teranroq anglaganday boʻldim. Toleim shuki, Oʻzbekistonday jannatmakon yurtda tugʻilganim (axir qay makonda tugʻilishimizni oʻzimiz belgilamaymiz-ku)!

Ayol boʻlib tugʻilish dahshat sanalgan mamlakatlarning biri – Somali. U yerda parlamentda ayollar 7,5 foiz oʻrin egallaydi, 9 foiz ayollargina tibbiyot muassasalarida tugʻadi. Qolgan ayollarning bunday maskanlarga tugʻruq uchun pul toʻlashga qurbi yetmaydi.

Dunyoning eng kambagʻal mamlakatlaridan biri boʻlmish Malida qizlar yoshligidanoq tahqirlanishlarga uchraydi. Ular bolaligidan turmushga chiqishga majbur. Har oʻninchi homilador tugʻruq vaqtida yoki homiladorligida vafot etadi.

Gvatemalaning bechora ayollari oʻz oilalarida zoʻrliklarga uchrashadi. Shuningdek, bu yerda OITSning eng yuqori darajasi qayd etilgan.

Sudan gʻarbida ham ayollarning ahvoli juda yomon. Oʻgʻirlash, zoʻrlash mamlakatda 2003-yildan buyon milliondan ortiq ayolning oʻlimiga sababchi boʻlgan.

Iroq – ziyolilik darajasi arab mamlakatlari ichida bir vaqtlar eng yuqori  oʻrinlarda turgan boʻlsa-da, ayni damda bu yerda ayollarning ahvoli juda ogʻir.

Pokistonning ayrim hududlarida erkak kishining aybi uchun ham ayollarni tahqirlashadi. Bu yerda 90 foiz ayollar zoʻravonlik, qoʻpol munosabatlar qurboni boʻlayotgan boʻlsa-da, hali bunga qarshi qonunlar ham qabul qilinmaganligiga nima deyish mumkin?

Hindistonda ayollar umumiy OIV yuqtirganlarning 39 foizini tashkil qilarkan, 70 foizi oiladagi zoʻravonlik qurboni. Har uch daqiqada ayollarga nisbatan jinoyatlar sodir etiladi.

Chadda ayollarning mutlaqo huquqi yoʻq. Turmush tashvishlarining aksariyati ayollar zimmasida.

Kongoda ayollar frontning old qismida jang olib borishadi. Ular koʻpincha toʻgʻridan-toʻgʻri hujumlarga duch kelishadi, har kuni 1100 nomusga tegish holati qayd etiladi, 57 foiz homilador ayollar kamqonlikdan aziyat chekishadi.

Oʻzbekistonga qoʻshni davlat hisoblanmish Afgʻonistonda ayollar oʻrtacha 45-yil umr koʻradi, aksariyati savodsiz. Har yarim soatda tugʻayotgan ayol vafot etadi.  Kelinlarning yarmidan koʻpi 16 yoshgacha boʻlgan qizlar. Bu davlat dunyoning onalar oʻlimi eng koʻp qayd etiladigan mamlakatlaridan biri.

Bu maʼlumotlarni oʻqishning oʻzi dahshat! Biroq, bugungi globallashuv jarayoni kechayotgan shiddatkor zamonda har birimiz oʻz hayotiy  pozitsiyamizni toʻgʻri belgilab olishimiz uchun, oʻzimiz umrguzaronlik qilayotgan shu muqaddas yurtimizning qadrini chuqurroq anglashimiz uchun albatta, dunyodagi ahvoldan xabardor boʻlishimiz lozim. Ushbu satrlarni yozar ekanman, beixtiyor ulugʻ shoirimiz Abdulla Oripovning "Bir xoʻplam suv uchun shukrona darkor”, degan soʻzlari yodimga tushadi.

Ha, azizlar! Biz saxovatli oʻzbek zaminida dunyoga kelganimizga, oilamiz bagʻrida emin-erkin, tinch-osuda yashayotganimizga, farzandlarimiz bagʻrimizda hech narsaga zoriqmay ulgʻayib, voyaga yetayotganiga, yurt koriga  yarab, Vatanimiz ravnaqiga hissa qoʻshayotganiga... va  har oqshom ularning ertasidan koʻnglimiz xotirjam, osuda orom olayotganimizga shukronalar aytaylik.

Endi maqola muqaddimasidagi mamlakatimizda ayol-qizlarga qaratilayotgan eʼtibor haqidagi fikrlarimga qaytsam: Faylasuflar ayolga eʼtiborni millatga, jamiyatga eʼtibor sifatida baholashadi.

Bas, shunday ekan, men faxr bilan ayta olamanki, istiqlol yillarida yurtimizda erishilgan yuksak taraqqiyotga asos boʻlgan omillardan biri – faoliyatining har lahzasida insoniy qadri, shaʼni yuksak tutilgan ayol-qizlar mehnatidir.

Ilohim, ayol boʻlib tugʻilish dahshat emas, balki, baxt sanaluvchi yurtimizda ana shunday farahli turmushimiz, tinch mehnatimizdan obod hayotni Yaratganning oʻzi bardavom qilgay!

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026