HAYaJONLI DAMLAR YaQIN
Bizning "Yuqori qişloq” mahallamizda faoliyat körsatayotgan 81-sonli boşlanğiç maktab binosi 1990-yilda qurib, foydalanişga topşirilgan.
Keyingi yillarda aholi sonining ösib borayotganligi munosabati bilan maktabimizda öquv xonalarining yetişmasligidan ança qiynalayotgan edik. Albatta, bu öquvçilarning zamonaviy ilm-fan asoslarini talab darajasida özlaştirişlariga salbiy taʼsir körsatib kelayotgan edi.
Şu boisdan ham joriy yilda 60 öquvçi öringa möljallangan qöşimça sinfxonalar qurilayapti. Qurilişga 283,5 million söm pul ajratilgan edi. Yangi sinfxonalarning quriliş işlarini "Temir-Beton” masʼuliyati çeklangan jamiyati quruvçilari olib borişayapti. Ularning yozning har bir kunidan foydalanib, işni yuqori surʼatlarda olib borganliklari tufayli qöşimça sinfxonalar foydalanişga tayyor holga kelişiga oz qoldi.
Mana yozgi taʼtil ham oxirlab, maktablar öquvçilarni yangi öquv yiliga çorlaydigan damlarga ham oz fursatlar qolayapti.
Mahallamizning ilmga çanqoq farzandlari maktabimiz qöşimça sinf xonalarining qurilişini qiziqib, quvonib kuzatib borişayapti. Öylaymanki, qöşimça binoning işga tuşişi yozgi taʼtilda miriqib hordiq çiqarib, yangi öquv yiliga puxta tayyorgarliklar körgan öquvçilarimiz uçun quvonçli voqea böladi.
Men 1989-yilda şu maktabda boşlanğiç sinf öqituvçisi bölib, mehnat faoliyatimni boşlagan edim. 1998-yildan buyon direktor lavozimida işlab kelayapman. Uzoq yillik mehnat faoliyatim davomida yaratilgan şaroitlar, eʼtibor bolalar taʼlim-tarbiyasi sifatini oşirişda muhim omil bölişini öz tajribamda anglaganman. Şu maʼnoda olib qaraydigan bölsak, öqitiş uçun imkoniyatlarimiz kengaygani biz öqituvçilar jamoasini yanada samarali mehnat qilişga undaydi.
Mana barça öquvçilar, öqituvçilar orziqib kutgan Mustaqilligimiz bayrami va yangi öquv yili yaqinlaşmoqda. Şu munosabat bilan barça kasbdoşlarimni qizğin tabriklayman, masʼuliyatli işlarida muvaffaqiyatlar tilayman.
Bozorgul MATQURBONOVA,
81-sonli boşlanğiç maktab direktori.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶