Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 35-sessiyasi töğrisida AXBOROT
2017-yil 29-iyul kuni xalq deputatlari tuman Kengaşining öttiz beşinçi sessiyasi bölib ötdi. Sessiyada tuman Kengaşi deputatlari, tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquqni muhofaza qiliş organlari, hokimlik bölimlari, tijorat banklari, kasb-hunar kollejlari, jamoat taşkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiyani tuman Kengaşi raisi, tuman hokimi S.Yöldaşev oçdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 21-Özbekiston saylov okrugidan deputat R.Yerlapasov saylandi.
Sessiya kun tartibiga "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” tuman hududiy dasturining 2017-yil birinçi yarim yilligidagi ijrosi töğrisida”gi, "Amudaryo tumanida 2017-yil iş örinlarini yaratiş va aholi bandligini taʼminlaş dasturining ijrosi töğrisida”gi, "Tumandagi tijorat banklari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantiriş va iş örinlarini taşkil qiliş maqsadida kredit mablağlarining ajratilişi töğrisida tuman hokimi birinçi örinbosarining hisoboti töğrisida”gi, "Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2017-yil birinçi yarim yilligidagi ijrosi töğrisida”gi hamda "Xalq deputatlari tuman Kengaşining Sanoat, transport, quriliş, kommunal xöjaligi masalalari va aholiga xizmat körsatiş böyiça doimiy komissiyasi faoliyati yuzasidan komissiya raisining hisoboti töğrisida”gi va boşqa masalalar havola qilindi.
Kun tartibidagi birinçi masala yuzasidan tuman hokimi örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedova axborot berdi. Axborotda2017 — 2021-yillardaÖzbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oşirişga oid tuman dasturi doirasida amalga oşirilayotgan işlar xususida söz yuritildi.
Jumladan, birgina hududlarni kompleks rivojlantiriş dasturlari va Aholi bandligini taʼminlaş dasturi doirasida sanoat sohasida 39 ta loyiha amalga oşirilib, 526 ta iş örni yaratilişi, qişloq xöjaligi sohasida 105 ta loyiha amalga oşirilib, 291 ta iş örni yaratilişi, xizmat körsatiş sohasida esa 107 ta loyiha amalga oşirilib, 268 ta iş örni yaratilişi rejalaştirilgan va bu böyiça amaliy işlar olib borilmoqda.
Kun tartibidagi ikkinçi va uçinçi masalalar yuzasidan tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari M.Temirboyev sözga çiqib, tumanida 2017-yil iş örinlarini yaratiş va aholi bandligini taʼminlaş dasturining ijrosi hamda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantiriş va iş örinlarini taşkil qiliş maqsadida kredit mablağlarining ajratilişi töğrisida axborot berdi.
Axborotda qayd qilinganidek, 2017-yilda yangi iş örinlarini taşkil etiş va aholi bandligini taʼminlaş Dasturi böyiça 3030 ta yangi iş örinlari yaratiş rejalaştirilgan bölib, joriy yilning 6 oyi davomida amalda 1186 ta yangi iş örinlari yaratilib, yarim yillik rejasi 101,7 foizga bajarilgan. Hisobot davrida tadbirkorlik subʼektlariga tijorat banklari tomonidan umumiy qiymati 44 mlrd. 404,4 mln. söm miqdorida kredit mablağlari ajratilgan.
Kun tartibidagi törtinçi masala böyiça tuman moliya bölimi mudiri vazifasini vaqtinça bajaruvçi B.Kamolov axborot berdi. Axborotda 2017-yilning birinçi yarmi uçun tuman mahalliy byudjetining daromadlar qismi rejasi 16 mlrd 997 mln 548 ming sömga belgilangan bölib, haqiqatda 18 mlrd 491 mln 904 ming sömga, yaʼni 108,8 foizga bajarilgani, xarajatlar qismi rejasi esa 52 mlrd 652 mln 441 ming sömga belgilangan bölib, uşbu mablağlar asosan ijtimoiy-madaniy va aholini qöllab-quvvatlaş xarajatlariga, iqtisodiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar talablarini amalga oşiriş tadbirlariga sarflangani qayd etildi.
Kun tartibidagi beşinçi masala böyiça Kengaşning Sanoat, transport, quriliş, kommunal xöjaligi masalalari va aholiga xizmat körsatiş böyiça doimiy komissiyasi raisi M.Sadullayev sözga çiqib, doimiy komissiya faoliyati yuzasidan hisobot berdi. Hisobotda doimiy komissiya majlislari, doimiy komissiya aʼzolari tomonidan saylovçilar bilan ötkazilgan uçraşuvlar, deputatlar tomonidan taşkil qilingan fuqarolar qabuli, taşkilotlar va muassasalarning rahbarlariga, mansabdor şaxslarga yuborilgan deputat sörovlari böyiça batafsil maʼlumotlar berildi.
Sessiyada Amudaryo akademik litseyi direktori lavozimida işlab kelayotgan Yöldoşov Otabek Yöldoş öğli tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlaş va taşkil etiş bölimi mudiri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan "Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Qonunga muvofiq O.Yöldoşovni uşbu lavozimga tasdiqlaş masalasi muhokama qilinib, bu masala böyiça qaror loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.
Şuningdek, sessiyada tuman Kengaşi vakolatiga kiruvçi boşqa masalalar ham muhokama qilindi. Kun tartibidagi barça masalalar böyiça tegişli qarorlar qabul qilindi va şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶