Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyevning 2017-yil 12-iyulda bölib ötgan videoselektor yiğilişidagi maʼruzasidan kelib çiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oşiriş töğrisida
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi
_____________________________________________________________
QARORI
2017-yil 25-iyul № 124/34-05
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyevning 2017-yil 12-iyulda bölib ötgan videoselektor yiğilişidagi "Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanişi, islohotlarning taşabbuskori va asosiy ijroçisi bölişi kerak” deb nomlangan maʼruzasidan kelib çiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oşiriş töğrisida
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M. Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda jamiyat hayotining barça sohalarini yanada erkinlaştiriş va isloh qiliş jarayonlari izçil davom ettirilmoqda.
Barça darajadagi rahbarlarning xalq bilan muntazam ravişda muloqotlar ötkaziş tizimining joriy etilganligi joylardagi haqiqiy holatni örganişda va aholini öylantirayotgan köplab muammolarni hal etişda samarali mexanizm bölib xizmat qilmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar, şu jumladan qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, asosan, fuqorolarning murojaatlarida kötarilayotgan hayotiy dolzarb masalalarni xalqning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda hal etişga qaratilmoqda.
Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining faoliyati ustidan tizimli jamoatçilik nazorati hamda turli darajadagi rahbarlarning hisoboti va axborotini Oliy Majlis palatalarida, xalq deputatlari mahalliy Kengaşlarida, mahallalarda muntazam ravişda eşitiş tizimi joriy etilmoqda. Mazkur tadbirlar tegişli sohalarda olib borilayotgan işlarning sifatini va samaradorligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda uşbu jarayonlarda xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari va siyosiy partiyalarning örni va masʼuliyati har qaçongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Şu munosabat bilan xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari va siyosiy partiyalarning iş uslubini tubdan özgartirişni, jumladan, aholi bilan doimiy muloqotlar olib boriş, aholini öylantirayotgan hayotiy dolzarb muammolarni bartaraf qilişda faol iştirok etiş, hududning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga daxldor masalalarni hal qiliş borasidagi taşabbuskorlikni oşiriş kabi tadbirlarni samarali taşkil etişni hayotning özi taqozo etmoqda.
Yuqoridagilardan kelib çiqib hamda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M. Mirziyoyev tomonidan "Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanişi, islohotlarning taşabbuskori va asosiy ijroçisi bölişi kerak” deb nomlangan maʼruzasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning sözsiz bajarilişini taʼminlaş, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining faoliyati ustidan samarali jamoatçilik va deputatlik nazoratini amalga oşiriş, siyosiy partiyalarning mahalliy kengaşlari işini jonlantiriş maqsadida, "Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi
QAROR QILADI:
1. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M. Mirziyoyevning 2017-yil 12 iyulda bölib ötgan videoselektor yiğilişidagi "Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanişi, islohotlarning taşabbuskori va asosiy ijroçisi bölişi kerak” deb nomlangan maʼruzasidan kelib çiqadigan ustuvor vazifalar ijro uçun qabul qilinsin.
2. Maʼruzadan kelib çiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oşirişda quyidagilar xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi faoliyatining asosiy yönalişlari etib belgilansin:
tumanning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga daxldor masalalarni hal etiş borasidagi taşabbuskorlikni oşiriş, aholini öylantirayotgan hayotiy dolzarb muammolarni bartaraf etiş yuzasidan çoralar köriş va ijrosini jadallaştiriş;
yoşlar bilan işlaş, ayniqsa uyuşmagan yoşlarning bandligini taʼminlaş, ularni kasbga örgatiş borasida tuman bandlikka kömaklaşiş markazi, tegişli taşkilot va korxonalar tomonidan amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarning samaradorligini baholab boriş;
oilalardagi ajrimlarni va farzandlar tarbiyasiga salbiy taʼsir körsatuvçi boşqa omillarni aniqlab, ularni bartaraf qiliş borasida tuman xotin-qizlar kömitasi va boşqa manfaatdor taşkilotlar bilan birgalikda taʼsirçan çoralar amalga oşirilişiga kömaklaşiş va bu borada jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş;
aholiga, ayniqsa, qişloq aholisiga körsatilayotgan birlamçi tibbiy-sanitariya yordami sifatini oşiriş, tez tibbiy yordam xizmatini öz vaqtida va uzluksiz körsatiş, tumandagi tibbiyot muassasalarini malakali şifokor kadrlar bilan taʼminlaş, ularning qönimsizligi sabablarini çuqur tahlil qilgan holda tuman tibbiyot birlaşmasi tomonidan taʼsirçan va samarali çora-tadbirlarni amalga oşiriş işlari ustidan deputatlik nazoratini kuçaytiriş;
içki işlar bölimi va uning hududlardagi profilaktika inspektorlari hamda "mahalla posboni” jamoatçilik tuzilmasi tomonidan tumanda jinoyatçilikning oldini oliş, ayniqsa, öğirlik va bezorilik kabi jinoyatlarni mahalla faollari va jinoyat sodir etgan şaxsning yaqinlari, şuningdek tegişli hududdan saylangan deputat iştirokida muhokama qiliş ustidan deputatlik nazoratini amalga oşiriş;
tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga oid masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilişda keng jamoatçilik muhokamasini taşkil etiş va körib çiqilayotgan masalalar yuzasidan aholining fikrini har tomonlama örganiş;
xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi, doimiy komissiyalari hamda siyosiy partiya guruhlari faoliyatini har tomonlama yoritişda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni kengaytiriş, xalq deputatlari tuman Kengaşining rasmiy veb-saytida deputatlar faoliyatiga doir materiallarni muntazam joylaştirib boriş.
3. Har oyning birinçi juma kuni doimiy komissiyalar yiğilişlari ötkaziladigan kun va birinçi şanba kuni tuman Kengaşi sessiyasi ötkaziladigan kun sifatida belgilansin.
4. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M. Mirziyoyevning 2017-yil 12-iyulda bölib ötgan videoselektor yiğilişidagi "Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanişi, islohotlarning taşabbuskori va asosiy ijroçisi bölişi kerak” deb nomlangan maʼruzasidan kelib çiqadigan ustuvor vazifalar yuzasidan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining çora-tadbirlar rejasi (keyingi örinlarda çora-tadbirlar rejasi deb yuritiladi) mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Çora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarning öz vaqtida va samarali amalga oşirilişini monitoring hamda nazorat qiliş böyiça işçi guruh tarkibi mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Işçi guruh çora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlar amalga oşirilişining holati yuzasidan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga har hafta maʼlumot kiritib borsin.
6. Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining doimiy komissiyalari Kengaş faoliyatining asosiy yönalişlaridan kelib çiqqan holda:
bir haftalik muddatda öz iş rejalarini qayta körib çiqsin va tasdiqlaş uçun kiritsin;
hududning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi dolzarb masalalar qoida tariqasida dastlab öz majlislarida atrofliça muhokama qilinişi, bunda siyosiy partiyalar vakillarining muxokamaga kiritilayotgan masala yuzasidan fikrlari va xulosalari inobatga olinişi va keyinçalik sessiyalarda körib çiqilişi borasida taşabbuskorlikni kuçaytirsin;
özlari masʼul etib belgilangan sohalarga oid qonun hujjatlari, hududiy dasturlar, halq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi qarorlarining ijro etilişini taʼminlaş yuzasidan tizimli nazorat örnatsin.
7. "Adolat” sotsial-demokratik partiyasining xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşida deputatlik guruhini taşkil qiliş töğrisidagi taklifi maʼqullansin.
8. Siyosiy partiyalarning Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşidagi deputatlar guruhlariga quyidagilar tavsiya etilsin:
öz siyosiy partiyasining ustuvor maqsad va vazifalaridan kelib çiqqan holda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga qaratilgan takliflar işlab çiqiş va taşabbuskorlikni tubdan kuçaytiriş;
tegişli mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan tizimli va doimiy hamkorlikni yölga qöyiş, ularning faoliyati ustidan samarali deputatlik nazoratini amalga oşiriş;
öz siyosiy partiyasi elektorati bilan muloqotni kuçaytiriş hamda saylovoldi dasturining ijrosi böyiça elektorat oldida, şu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali muntazam hisobot berib borilişini taʼminlaş;
sessiyalarga körib çiqiş uçun kiritilayotgan masalalarni öz siyosiy partiyasi elektorati manfaatlaridan kelib çiqib atrofliça örganib boriş, ular böyiça qatʼiy printsipial pozitsiyani namoyon etiş.
9. Amudaryo tuman hokimligi (S.Yöldaşev):
siyosiy partiyalarning tuman kengaşlari bilan birgalikda ularning moddiy-texnika bazasi holatini örganib çiqib, uni mustahkamlaş, orgtexnika vositalari holatini yaxşilaş, siyosiy partiyalarning internet tarmoqlariga ulanişi imkoniyatini kengaytiriş böyiça amaliy yordam körsatsin;
siyosiy partiyalar tuman kengaşlarining tegişli mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan tizimli va doimiy işlaşi borasida zarur şaroitlarni yaratib bersin;
deputat sörovlari tegişli mahalliy davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari hamda ular mansabdor şaxslari tomonidan belgilangan muddatlarga qatʼiy rioya qilingan holda atrofliça körib çiqilişini taʼminlasin.
10. Siyosiy partiyalarning tuman taşkilotlariga quyidagilar tavsiya etilsin:
xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşida böşab qolgan deputatlik örinlarga siyosiy saviyasi yuqori, faol va halq orasida obrö-eʼtibor qozongan öz partiyasi nomzodlarini tavsiya qilib boriş;
öz elektoratiga bergan vaʼdalarini va tegişli siyosiy partiyaning saylovoldi dasturini töla va samarali bajarilişini taʼminlaş çoralarini köriş;
amaldagi qonunlarning ijrosini hudud misolida tanqidiy tahlil qilib boriş va qonunlarga aholini qiynayotgan dolzarb muammolarni hal etişga qaratilgan qöşimça va örgartişlar kiritiş yuzasidan tegişli siyosiy partiyaning markaziy Kengaşiga takliflar taqdim etib boriş;
siyosiy partiyaning ustuvor maqsad va vazifalaridan kelib çiqib, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan tizimli va doimiy hamkorlikni yölga qöyiş;
yoşlarga, ayniqsa, uyuşmagan yoşlarga eʼtiborni kuçaytiriş, talaba va öquvçi yoşlarda siyosiy bilimlarni oşiriş çoralarini köriş, bu borada tuman hokimining yoşlar masalalari böyiça örinbosari, Özbekiston yoşlar ittifoqi bilan yaqindan hamkorlik örnatiş;
halq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşidagi tegişli deputatlar guruhi bilan tizimli hamkorlik örnatiş, siyosiy partiyaning maqsad va vaziflaridan kelib çiqib, deputatlar guruhiga körib çiqiş uçun asoslangan takliflar kiritib boriş.
11. Özbekiston ekologik harakatining Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy Kengaşiga:
aholini, ayniqsa, çekka hududdagi aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş;
maişiy çiqindilarni töplaş, qayta işlaş va utilizatsiya qiliş borasidagi işlarning samaradorligini oşiriş;
aholining ekologik madaniyatini oşiriş, yoş avlod qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat, unga daxldorlik hissini tarbiyalaş masalalarini çuqur örganib, tegişli takliflar işlab çiqiş tavsiya etilsin.
12. Uşbu qaror "Taraqqiyot közgusi”gazetasida, xalq deputatlari tuman Kengaşi va tuman hokimligining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinsin.
13. Uşbu qarorning ijrosini nazorat qiliş xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi raisi zimmasiga yuklatilsin.
14. Uşbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.
Xalq deputatlari Amudaryo
tuman Kengaşi raisi: S.Yöldaşev
Xalq deputatlari
Amudaryo tuman Kengaşining
2017-yil 25-iyuldagi
124/34-05 - sonli qaroriga
1-ilova
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyevning 2017-yil 12-iyulda bölib ötgan videoselektor majlisidagi "Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanişi, islohotlarning taşabbuskori va asosiy ijroçisi bölişi kerak” deb nomlangan maʼruzasidan kelib çiqadigan ustuvor vazifalar yuzasidan
xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining
ÇORA-TADBIRLAR REJASI
|
№ |
Asosiy tadbirlar |
Muddatlar |
Masʼul ijroçilar |
|
1. |
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda Özbekiston ekologik harakati vakillari bilan videoselektor majlisidagi maʼruzasidan kelib çiqadigan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini tuman Kengaşidagi partiya guruhlarida, doimiy komissiyalarda, şuningdek siyosiy partiyalar faollari iştirokini taʼminlagan holda siyosiy partiyalar Kengaşlarida keng muhokama qiliş. |
2017-yil |
Partiya
guruhlari |
|
2. |
Tumanda yoşlar bilan işlaşni takomillaştiriş, oila va ayollar masalalariga eʼtiborni kuçaytiriş maqsadida tuman Kengaşi qoşida "Yoşlar masalalari” hamda "Oila va ayollar masalalari” böyiça komissiyalarni tuziş, ular töğrisidagi nizom loyihalarini işlab çiqib, sessiyada tasdiqlaş. |
2017-yil |
Xalq deputatlari tuman Kengaşi (S.Yöldaşev) |
|
3. |
Tuman Kengaşida "Adolat” SDP deputatlar guruhini tuziş. |
2017-yil
|
Xalq deputatlari tuman Kengaşi (S.Yöldaşev), "Adolat” SDP tuman |
|
4. |
Özbekiston Respublikasi Prezidenti maʼruzasida belgilangan ustuvor vaziflardan kelib çiqqan holda, tuman Kengaşidagi har bir partiya guruhi va doimiy komissiyaning ustuvor yönalişlarini aniq belgilab oliş, ularning iş rejalarini tanqidiy qayta körib çiqiş hamda ularga tegişli özgartiş va qöşimçalar kiritiş. |
2017-yil |
Partiya
guruhlari |
|
5. |
Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga oid dasturlarni: yönalişlar böyiça tuman Kengaşidagi partiya guruhlari örtasida hamda doimiy komissiyalar örtasida özaro taqsimlab oliş;
ijro etiş holati ustidan samarali deputatlik
nazoratini örnatiş; ijro etiş holatini çorak yakunlanganidan keyingi oyning birinçi yarimida majlis va yiğilişlarda muhokama qilib boriş.
2018-yilga möljallangan tuman ijtimoiy-iqtisodiy dasturi loyihasini partiya guruhlari tomonidan alohida körib çiqişni taʼminlaş. |
2017-yil
Doimiy ravişda
Har çorakda
2017-yil |
Partiya
guruhlari |
|
6. |
Tuman Kengaşi deputatlarining hamda siyosiy partiyalarning halq qabulxonasi bilan aloqalarini kuçaytiriş, deputatlarning fuqarolarni tuman "Xalq qabulxonasi”da ham qabul qiliş amaliyotini yölga qöyiş. |
2017-yil |
Tuman Kengaşi
deputatlari, |
|
7. |
Tuman Kengaşi deputatlarining öz saylov okruglarida olib borayotgan işlarini jonlaştiriş, joylarda aholi bilan muntazam ravişda muloqotlar ötkaziş, ular tomonidan kötarilgan masalalarni atrofliça örganib, tahlil qiliş, uşbu masalalarni hal etiş böyiça deputatlik nazoratidan samarali foydalaniş. |
Doimiy ravişda |
Tuman Kengaşi
deputatlari, |
|
8. |
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi bilan kelişgan holda tuman Kengaşi deputatlarining malakasini oşiriş böyiça muntazam ravişda ötkazib boriladigan öquv kurslarini taşkil etiş. |
2017-yil |
Xalq deputatlari tuman Kengaşi (S.Yöldaşev) |
|
9. |
Tuman Kengaşi deputatlarining faoliyatini baholaş mezonlarini, tartibini işlab çiqib, amalga joriy qiliş. Bunda deputatlarning faoliyatiga har çorak yakunlari böyiça holisona va tanqidiy baho beriş, şu asosda ularning faoliyatini yanada takomillaştiriş çoralari köriş nazarda tutiladi. |
2017-yil |
Xalq
deputatlari tuman Kengaşi (S.Yöldaşev), |
|
10. |
Tuman Kengaşi raisining jamoatçilik asosida faoliyat olib boruvçi örinbosari vazifa va funktsiyalarini aniq belgilab qöyiş maqsadida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi raisining jamoatçilik asosida faoliyat olib boruvçi örinbosari töğrisida nizom işlab çiqiş. |
2017-yil |
Xalq deputatlari tuman Kengaşi (S.Yöldaşev) |
|
11. |
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va xalq deputatlari mahalliy Kengaşlarida munosib faoliyat körsatgan, boşqalarga örnak bölgan, vatanparvar va fidoyi deputatlar haqida "Ehtirom kitoblari”ni taşkil etiş va yuritiş yuzasidan takliflar işlab çiqiş, ularni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga kiritiş. |
2017-yil |
Xalq deputatlari tuman Kengaşi (S.Yöldaşev) |
|
12. |
Oçiqlik va şaffoflikni belgilangan tartibda taʼminlaş hamda fuqarolarning, ayniqsa, yoşlarning siyosiy bilimlarini oşiriş maqsadida tuman Kengaşi sessiyalariga, deputatlar guruhlari yiğilişlariga hamda doimiy komissiyalar majlislariga jamoatçilik vakillarini, yoşlarni, şu jumladan öquvçi yoşlarni muntazam taklif etiş va bu kabi boşqa tadbirlarda ularning iştirokini taʼminlaş. |
Doimiy ravişda |
Xalq
deputatlari tuman Kengaşi (S.Yöldaşev), tuman hokimligi
(B.Baltabayev), |
|
13. |
Tuman Kengaşi faoliyatini keng yoritiş maqsadida:
Kengaş haqida hujjatli film tayyorlaş;
"Namunali deputat” rubrikasida körsatuv tayyorlaş;
namunali deputatlarning iş uslubi haqida risola, yoş deputatlar uçun qöllanmalar çiqariş. |
2017-yil
20-noyabr
2017-yil |
Xalq deputatlari tuman Kengaşi (S.Yöldaşev), tuman hokimligi
(B.Baltabayev) Amudaryo televideniyesi (Ğ.Yeşniyozov) |
|
14. |
Tuman Kengaşi, undagi doimiy komissiyalar va partiya guruhlari faoliyati töğrisidagi maʼlumotlarni keng jamoatçilikka yetkaziş maqsadida:
ularni ommaviy axborot vositalarida, jumladan, tuman Kengaşining va hokimlikning rasmiy veb-saytlarida yoritib boriş;
doimiy komissiyalar va partiya guruhlari rahbarlarining OAVda muntazam çiqişlarini taşkil etiş. |
Doimiy ravişda
Har çorakda (kamida |
Xalq
deputatlari tuman Kengaşi (S.Yöldaşev), tuman hokimligi (B.Baltabayev) |
|
15. |
Siyosiy partiyalarning samarali faoliyat olib borişlarini taʼminlaş maqsadida ularning moddiy-texnika bazasi holatini örganib çiqiş, uni mustahkamlaş, şu jumladan siyosiy partiyalar joylaşgan binolar (xonalar), u yerlardagi orgtexnika vositalari holatini yaxşilaş (zarur bölsa, yangi bino (xona) va kerakli orgtexnika vositalari bilan taʼminlaş), siyosiy partiyalarning internet tarmoqlariga ulanişi imkoniyatini kengaytiriş. |
2017-yil |
Tuman hokimligi (B.Baltabayev), |

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶