22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 18:57
Jamiyat 👁 1,731

TOʻGʻRI AXBOROT YoShLARNI EZGULIKKA UNDAYDI

TOʻGʻRI AXBOROT YoShLARNI EZGULIKKA UNDAYDI

Maʼlumki, yoshlar yangilikka intiluvchan, modaga oʻch, xorij standartlarini oson qabul qilishga moyil boʻladi. Bugungi kunda yoshlarga tashqi muhitdan kirib keladigan barcha axborotlarni filtrlab berish imkoniyati yoʻq. Yuksak texnologiyalar va axborot asrida yashar ekanmiz, tabiiyki, mamlakatimiz ham globallashuv jarayonlaridan tashqarida emasligini unutmasligimiz zarur.

Bugungi kunda dunyoni tashvishga solayotgan, xususan, shu kunlarda MDH mamlakatlarida tezda tarqalayotgan "Koʻk kit”, "Jim-jit uy”, "F-57”, "Yugurmasang, oʻlasan”, "Men – oʻyinda” kabi oʻz joniga qasd qilishga undovchi oʻyinlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarimizning eʼtiborini tortishining oldini olish uchun yoshlar orasida profilaktik tadbirlar olib borish, buning uchun ota-onalar, mahalla, taʼlim muassasalari, voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar va ichki ishlar boʻlimlari  profilaktika nozirlari, keng jamoatchilik vakillari tomonidan yoshlar qoʻlidagi mobil qurilmalari va kompyuterlarni vaqti-vaqti bilan nazorat qilish lozim deb oʻylayman. Mamlakatimizda internetdan foydalanishni cheklovchi qonunlar yoʻq, ammo bu har kim xohlagancha undan foydalansin, degani emas. Negaki, har bir ishda meʼyor boʻlgani yaxshi. Oʻzbekistonda aynan shunday axborot manbalaridan foydalanishni tartibga soluvchi qonuniy asoslar yaratib qoʻyilganini unutmasligimiz kerak.

Tumanimizda globallashuv davrida yoshlar maʼnaviyatini shakllantirish va ularni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida taʼlim tizimidagi muassasalarning deyarli barchasi «ZiyoNET» tarmogʻiga ulangan. «ZiyoNET»da turli xil milliy taʼlim saytlari mavjud boʻlib, uning asosiy maqsadi taʼlim tizimida yoshlar va taʼlim oluvchilarga bilim olish jarayonida axborot-kommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatishdan iborat.

Yoshlarda yot gʻoyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish maqsadida "Jaholatga qarshi maʼrifat”, "Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” mavzularida ijodiy ishlar (sheʼr, insho va rasmlar) tanlovlari tashkil etilmoqda. Bunday madaniy-maʼnaviy tadbirlarning amalga oshirilishida Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tuman Kengashining deputatlik guruhi ishtirokini ham taʼkidlab oʻtish zarur. Deputatlik guruhining bevosita ishtirokida joriy yilning aprel oyida umumtaʼlim maktablari va kasb-hunar kollejlari, akademik litsey oʻquvchiqizlari ishtirokida mamlakatimizning  Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch» asarining «Maʼnaviyatga tahdid – oʻzligimizga tahdid» nomli bobini oʻrganishga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining «Donolik va tashabbuskorlik – siyosiy yetakchilik mezoni» koʻrik tanlovining tuman bosqichida tumandagi taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh ziyoli ayol-qizlar ishtirok qilib, oʻzlarining siyosiy bilimdonlik darajasini namoyish qildilar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida faxrli 2-oʻrinni egallashga erishdilar.

Joriy yilning may oyida umumtaʼlim maktablarida «Navoiy vorislari» gʻazalxonlik tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi. Partiya deputatlik guruhining tashabbusi bilan taʼlim muassasalarida «Kitobning yoshlar maʼnaviyatini shakllantirishdagi oʻrni va ahamiyati» mavzusida suhbatlar uyushtirildi.

Shuni unutmasligimiz kerakki, yangiliklarning barchasi ham ijobiy xususiyatga ega emas. Internetdan foydalanuvchi farzandlarimiz ongiga buni yaxshilab singdirishimiz lozim. Toki yoshlarimiz yangiliklar ortidan quvib, bizdan uzoqlashib ketmasin.

Gulmirza Babajanov,

52-sonli maktab oʻqituvchisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

(Foto - uzedu.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026