Qisqa satrlarda
Joriy yilning 22-may kuni tuman hokimligida Fuqarolar yigʻinlari huzuridagi Yarashtirish komissiyasi aʼzolari, mahalla faollari uchun "Oilalar mustahkamligini taʼminlashda Yarashtirish komissiyalarining oʻrni "mavzusida oʻquv seminari oʻtkazildi.
Oʻquv seminarda "Oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish hamda aniqlangan ijtimoiy muammolarning mutassaddi tashkilotlar tomonidan bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratani amalga oshirishda Yarashtirish komissiyalarining vazifalari”, "Muammoli oilalar ijtimoiy-maʼnaviy muhitini sogʻlomlashtirishda hamda qoʻshnichilik munosabatlarida hamjihatlikni taʼminlashda Yarashtirish komissiyalari aʼzolarining masʼuliyati”, "Islom dini taʼlimotida nikoh va oila masalalari hamda imom-xatiblarning Yarashtirish komissiyalari faoliyatidagi oʻrni haqida” va "Fuqarolar yigʻini huzuridagi Yarashtirish komissiyasi ish faoliyatidagi ilgʻor tajribalar” mavzularidagi maʼruzalar tinglandi.
***
22-may kuni "Amudaryodavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasida koʻrgamazli seminar oʻtkazildi.
Koʻrgazmali seminarni Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi vakili A.Rajabov ochdi va boshqarib bordi.
Seminarda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Departamenti vakili B.Xojametov, 1-sonli qurilayotgan korxonalarning birlashgan direktsiyasi direktori H.Reymov, Qoraqalpogʻiston meliorativ ekspeditsiyasi boshligʻi oʻrinbosari P.Aytmuratov, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari B.Qurboniyozov, "Amudaryodavsuvmaxsuspudrat” DUK direktori Sh.Yusupov va Mangʻit-Nazarxon ITB boshligʻi X.Qalandarovlar soʻzga chiqishib, kun tartibidagi masala yuzasidan oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilar.
(Oʻz muxbirimizdan)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶