OILALAR TINÇ-TOTUVLIGI JAMIYaT RIVOJINI TAʼMINLAYDI
Jamiyatimizning ravnaq topişidagi muhim omillardan biri – tabarruk zaminimizda istiqomat qilayotgan insonlarning jismonan soğlom, ruhan tetik, maʼnan yetuk va komilligidir. Çunki har bir inson oila aʼzosi, oila esa jamiyatning kiçik bir böğinidir.
Şu boisdan ham mustaqillik yillarida oilalar mustahkamligi, tinç-totuvligiga erişişga ulkan eʼtibor berilayotir. Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar, moddiy kömaklar berilayapti. Nikoh yoşidagi yigit-qizlarga mahallalarning kayvonilari, faollari soğlom oila quriş borasida, oilaning muqaddasligini tuşuntiriş borasida suhbatlar ötkazişayapti. Turmuş qurayotgan yoşlar nikoholdi tibbiy körikdan ötkazilayapti. Şuningdek, örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari öquvçilari orasida erta nikohning oldini oliş xususida ham suhbatlar uyuştirilmoqda.
Bu saʼy-harakatlarning hammasi oila deya atalguvçi muqaddas qörğonni bezavol saqlaşga, unda tinç-osoyişta va soğlom turmuş tarzi barqaror bölişiga erişişga qaratilgandir.
Oilalardagi özaro kelişmovçiliklar, nizolar ajrimga olib kelayotgani tarğibot işlarini yana ham jonlantiriş lozimligini körsatmoqda.
Tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimi tomonidan şu yilning ötgan tört oyi davomida oila mustahkamligiga erişiş, oilaviy nizolarning va ajrimlarning, erta va qarindoşlar orasidagi nikohlarning oldini olişga bağişlangan 27 ta tarğibot tadbirlari ötkazildi.
Mutaxassislarning maʼlumotlariga köra, insonning oilaviy tinç-xotirjamligi, baxtiyorligi işdagi unumga, jismoniy faollikka, salomatligining mustahkam bölişiga olib kelar ekan. Şunday ekan, har bir oila davlat himoyasiga olingan bizning jamiyatimizda notinç oila, ajraşgan oila, degan atamalarga örin bölmasligi, turmuşning mayda-çuyda ikir-çikirlarini oqilona va hamjihatlikda hal qilişning çora-tadbirlari körilişi kerak. Çunki oila, yuqorida aytganimizday, jamiyatning bir bölagi. Oilalar tinç ekan, jamiyat rivojlanişda davom etaveradi.
Muborak PRIMBETOVA, tuman FHDYo bölimi inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶