22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 17:45
Jamiyat 👁 6,563

«BIZ URUShNI KOʻRDIK, ENDIGI AVLODLARIMIZ KOʻRMAGAY»

«BIZ URUShNI KOʻRDIK, ENDIGI AVLODLARIMIZ KOʻRMAGAY»

Tinchlik! Uning nechogʻlik azizligini bilamiz, qadrlaymiz. Chunki tinchlik farovon hayot, emin-erkin yashash, barcha orzu-istaklarning ijobati demakdir. Dunyoning turli hududlarida ayni kunda ham sodir boʻlayotgan oʻzaro urushlar, nizolar, talotoʻplar oqibatida halok boʻlayotgan begunoh insonlar, bolalar, vayronaga aylanayotgan shahar-qishloqlar haqidagi xabarlarni oʻqiganimizda, eshitganimizda, albatta qalbimiz larzaga keladi, urush olovini yoqishga urinayotganlarni laʼnatlaymiz, tinch va osoyishta yurtimizga mehrimiz ortadi, tilimizga shukrona keladi, buningdek saodatli kunlarimiz bardavom boʻlishini tilaymiz.

Tumanimizning "Bogʻ” mahallasida istiqomat qiluvchi, 1924-yilda tugʻilgan  Yoʻldosh ota Ortiqov Ikkinchi jahon urushi dahshatlarini oʻz boshidan kechirib, ne-ne alp yigitlar dushman oʻqidan  jon bergan, mardlik, fidoyilik va jasorat tufayli gʻalabaga erishilganiga guvoh boʻlgan insonlarning biri. U 1942-yilda oʻz ixtiyori bilan tengqurlari qatori Ikkinchi jahon urushiga ketdi. Harbiy tayyorgarlikdan soʻng Moskva ostonasida jangga kirdi. Bu nemislarning Ikkinchi jahon urushidan koʻzlagan eng manfur rejalaridan biri – sobiq ittifoqni bosib olishning amalga oshishiga oz qolib, janglarda bosqinchilarning qoʻli baland kelib turgan vaqtlari edi.

Janglar omonsiz boʻlmas, ishga yaroqi barcha erkaklar urushga safarbar etilib, armiya safi kengaytirilar, dushmanni yakson qilishning oqilona rejalari tuzilib, harbiy askarlarning mahorati tinmay oshirilardi.

Yoʻldosh Ortiqov 1943-yil avgustgacha, qoʻlidan ogʻir yaralanganigacha hayot-mamot janglarida qatnashdi, Moskvani, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg)ni ozod qilishda qahramonliklar koʻrsatib, qator medallar oldi. U qoʻlidan yaralanib, ogʻir ahvolda Mamayqoʻrgʻondagi harbiy gospitalga olib kelindi. Bir oylar oʻtgachgina oʻziga kelib, urushda oʻzimiznikilarning qoʻli baland kela boshlaganini, bunga oʻzining ham hissasi qoʻshilganini anglab, shirin entikdi. Shu yerda afsuski jarohati ogʻir boʻlganligidan uzoq davolanishiga toʻgʻri keldi. 1944-yilda tugʻilib oʻsgan qishlogʻiga qaytdi. Yoʻldosh Ortiqov urushdan qaytib, qishloqdoshlari ham urushdan jabr koʻrganligini, turmushi ogʻirligini  bilib, yarimjonman, deb oʻtirmay, xoʻjalikda podachilik qildi, brigadada hisobchi boʻldi. Rahima Ortiqova bilan turmush qurib, 9 nafar farzandli boʻldi.

Hozir ular nevara, chevaralarining hurmatida, eʼtiborida, tilidan shukronasi tushmay, el-yurtga tinch-osoyishtalik tilab, farogʻatda umr kechirayapti. Urush faxriylariga davlatimizning gʻamxoʻrligidan minnatdorchiligi cheksiz.

                                                  ***


Mangʻit shahrining Navoiy nomli mahallasida istiqomat qiluvchi Sobir Nurullayev salkam bir asrga yaqin umr koʻrgan pir-u badavlat inson. Tabiatan hazilkash, chaqqon va tinim bilmaydigan otaxon goh uyida nevaralari bilan chaqchaqlashib oʻtirsa, goh qoʻni-qoʻshnilar yigʻinlariga chiqadi, goh velosipedini minib, sevimli mashgʻuloti – baliq oviga boradi, oʻz tili bilan aytganda, "nasibasini olib qaytadi”.

Mahalladoshlar uning shu yoshida ham tetik va bardamligini otaxonning ochiqkoʻngilligidan, tinimsizligidan deb bilishadi. Otaxonning oʻzi:

– Bugungiday farovon kunlarga yetguncha ne bir uqubatlarni koʻrmadik. Keksaygan chogʻimda tinch-osoyishtalikda bexavotir yashayotganimdan, elu yurtimizning, yurtdoshlarimizning ardogʻida ekanligimdan Yaratganga shukronam cheksiz, – deydi mamnuniyat bilan.

Ha, otaxonning Ikkinchi jahon urushi olovli soʻqmoqlarida, urushdan keyingi ogʻir tiklanish yillarida boshidan oʻtkazgan zahmatli kunlarini taʼriflashga til ojiz.

U urushga otlanganida ayni 18 yoshida edi. Tengqur joʻralari Ollombergan Oʻrozoqov, Sobir Bobojonov, Davlatboy Bobojonovlar bilan dastlab  Cholish portigacha paroxodda, keyinchalik poyezdda ketib borar ekan, radioda eshitgan, gazetalarda oʻqigan urush haqidagi xabarlari xayolidan ketmas, tezroq manzilga yetgisi, gʻalabaga hissa qoʻshgisi kelardi. Shunday boʻldi ham. Sobir Nurullayev urushda koʻrsatgan jangovar xizmatlari uchun koʻksi toʻla medallar bilan qaytdi.

Otaxon oʻz hayot yoʻli haqida gapirar ekan, bugungiday dorilomon kunlarning qadriga yetmoq lozimligini uqtirishdan charchamaydi. Farzandlari, nevaralari ardogʻida oʻtayotgan kunlariga shukrona aytadi.

***


Oramizda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk gʻalabaga munosib hissa qoʻshib, yurtimizni fashizm balosidan asrab qolish yoʻlida oʻzining farzandlik burchini sharaf bilan ado etgan tabarruk insonlar bor. Ularning bu buyuk xizmatlari davlatimiz, yurtdoshlarimiz tomonidan yuksak qadrlanmoqda.

9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami oldidan maktablar, kollejlar oʻquvchilari bilan, mehnatkashlar vakillari bilan ularning uchrashuvlari oʻtkazilib, xotiralari tinglanmoqda, ularning buyuk xizmatlari eʼtirof etilib, samimiy tilaklar bildirilmoqda.

Bayram arafasida "Doʻstlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi faxriysi Rajab Kazakovning xonadoniga ham otaxonni bayram bilan qutlagani kelayotganlarning soni koʻp. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mudofaa vazirligidan vakillar, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashevlarning tashrifi ayniqsa, otaxonning koʻnglini togʻday yuksaltirdi.

– Har bir davrning odamlarga yuklaydigan oʻz masʼuliyati boʻladi. Bizning zimmamizga Ikkinchi jahon urushiga barham berish, yurtimizni bosqinchilardan himoya qilish vazifasi tushdi. Biz urush faxriylari buning uddasidan chiqdik va burchimizni bajardik, – deydi otaxon kamtarlik bilan. Aslida uning "urushni biz koʻrdik, endigi avlodlarimiz koʻrmagay”, – deya tilak tilashida olam-olam maʼno bor. Boisi otaxonning xayolidan, garchi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk gʻalabaga 72 yil toʻlayotgan boʻlsa-da, urush manzaralari hamon oʻchmaydi. Haftalab och-nahor, uyqusiz jang-jadallar bilan oʻtgan kunlar, koʻz oʻngida dushman oʻqidan tutday toʻkilgan quroldosh doʻstlari...

Baʼzan jang suroni tingan lahzalarda quroldosh hamyurtlar bir-birlari bilan oilasi, yaqinlari, tugʻilgan yurti haqida suhbatlashishar, urushdan omon qaytish nasib etarmikan, degan oʻylarga borishardi. Shunda ular qaysi birimiz yurtimizga tirik qaytsak, shahid ketgan yurtdoshlarimizning jangda, qahramonona halok boʻlganligini aytamiz, – deya ahdlashishardi.

Rajab Kazakovga elga omon qaytishdek ulugʻ baxt nasib etdi. Urushda uch marta yarador boʻlib, jismida oʻq asoratlari bilan boʻlsa-da, omon qaytib, mehnat qildi, oila qurib, 9 nafar farzandning otasi boʻldi.

Otaxon hozir nainki farzandlari, nevara-chevaralari, balki, butun yurtdoshlari mehri ogʻushida keksalik gashtini surib, farogʻatda yashamoqda. Aslida urush faxriylarini qancha eʼzozlasak, qancha ardoqlasak, shunchalik kam.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026