“BIZ AMIR TEMUR AVLODLARIMIZ” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Joriy yilning 9-aprel kuni 46-sonli umumtaʼlim maktabida “Biz Amir Temur avlodlarimiz” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi
Sohibqiron bobomiz Amir Temur tavalludining 682-yilligiga bagʻishlangan ushbu tadbirda maktabning maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Bahodir Otajonov maʼruza qildi. B. Otajonov oʻz maʼruzasida 1336-yilning 9-aprelida Keshda tavallud topgan Amir Temur bobomizning jasur, mard va adolatparvar davlat arbobi boʻlib yetishishi borasidagi hayot yoʻli haqida gapirdi.
Tadbirda maktabning 7A-sinfi oʻquvchilaridan tashkil topgan “Turon” va 7B-sinfining “Sohibqiron” jamoalari 5ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Bellashuvlar davomida namoyish etilgan sahna koʻrinishi, undagi Amir Temur obrazi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Bu sahna koʻrinishida Amir Temur obrazini yaxshi yarata olgan 7B-sinf oʻquvchisi Quvonch Oʻrinboyev maqtovlarga sazovor boʻldi.
Maktabda oʻtkazilgan ushbu tadbir oʻquvchi yoshlar qalblarida Sohibqiron Amir Temur vorislari ekanliklaridan faxrlanish tuygʻularini yanada yuksaltirdi.
Gulnoza ABDULLAYeVA,
maktabda tashkil etilgan “ Muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶