EL-YuRT MEHRIDAN YuKSALGAN KÖNGILLAR QUVONÇI
Mehr, eʼtibor, saxovat! Asrlar oşa xalqimizning qon-qoniga singib ketgan bu ezgu fazilatlar ayni kunda ham turmuşimizning yanada fayzli, jamiyatimizda hamjihatlikning, ahillikning ustuvor bölişiga xizmat qilmoqda. Muhtaram Birinçi Prezidentimiz I.A.Karimovning "... har qaysi xalqning bağrikengligi va olijanobligi, kerak bölsa, odamiyligi va insonparvarligi nafaqat öz yaqinlari, balki begona odamlardan öz mehri va yordamini ayamasligida yaqqol körinadi, sinovdan ötadi”, degan sözlari ifodasini hayotimizning har lahzasida körişimiz, his qilişimiz mumkin.
Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi tomonidan bir qator jamoat taşkilotlari iştirokida joriy yilning 20-aprelidan 23-mayigaça mamlakatimizdagi ehtiyojmand oilalar va mehribonlik uylarida tarbiyalangan 620 juft kelin-kuyovning nikoh hamda 3 ming 280 nafar bolaning sunnat töyi ötkazilayotgani ham ana şunday xayrli işlardandir.
Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaşni kuçaytiriş, jamiyatimizda hamjihatlik, mehr-oqibat, bağrikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlaş maqsadida taşkillaştirilayotgan bu tadbirga muvofiq tumanimizda ham şu yilning 26-aprelida "Bek” töyxonasida 21 nafar bolajonlarning sunnat töylari, 12 juft kelin-kuyovlarning nikoh töylari ötkazildi.
Tumanda xayriya nikoh va sunnat töylari ötkazildi (Fotogalereya)
Dastlab ular tumanimizning diqqatga sazovor joylarini tomoşa qilib, Xotira maydonidagi yodgorlik poyiga gullar qöydilar. Söngra ular «Yusuf eşon bobo» jomeʼ masjidida şarʼiy nikoh öqildi.
Töy bolalar esa istirohat boği va tumanimizda bölib turgan köçma hayvonot boğini sayr qilişdi.
Muhtaşam töyxona oldida kelin-kuyovlarni, töy bolalarni sanʼatkorlar karnay-surnay sadolari ostida kutib olişdi.
Töy! Bu sözni har gal eşitganimizda könglimiz bir orziqib, quvonçdan entikib ketadi. Boisi, hammamiz ham farzandlarimizning ana şu qutluğ kunini soğinib, töy uçun borimizni yiğib yaşaymiz. Sunnat töyini, nikoh töyini elga maʼlum qilib, dasturxon yozişni orzu qilamiz.
Ha, töy töla maʼnoda orzu-niyatlar ijobati bölganligi boisdan ham qutluğ tantana. Biroq bu tantanaga ota-onang, yaqinlaring, döstlaringdan taşqari, butun yurting evrilib tursa, quvonçingga şerik bölsa, yelib-yugurib xizmat qilsa... bu yanada ulkan baxt emasmi?
Töyxonaga yor-yor, kelin-salomlar sadolari ostida, bejirim liboslarda, köngillarida olamça hayajon bilan kirib kelgan 12 juft kelin-kuyovlarning, sarpolari yaraşgan 21 nafar bolajonlarning yuzlarida ana şunday masrurlikning ifodasi aks etib turardi.
Töy sababçilari yasatilgan tökin dasturxon atrofiga joylaşib olgaç, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi M.Yerniyazov, Özbekiston va Qoraqalpoğiston Kasaba uyuşmalari taşkilotlari vakillari ularni hayotlaridagi unutilmas kun bilan samimiy qutladi.
Şundan söng töy bolalarga velosipedlar va esdalik sovğalari, kelin-kuyovlarga mebellar jamlanmasi sertifikati va nikoh uzuklarisovğa qilindi.
Töybolalar nomiga "Xalq banki”ning tuman bölimida oçilgan hisob raqamlarining har biriga 1 million söm ötkazilgan omonat daftarçalar topşirildi.
Nikoh töylari ötayotgan kelin-kuyovlarning iş bilan taʼminlanganlik holati örganib çiqilib, işsizlari işga joylaştirilgani yangi bunyod etilayotgan oilalarning moddiy farovonligini taʼminlaşga xizmat qilişi sözsiz.
Söngra tuman FHDYo bölimi xodimlari tomonidan 12 juft kelin-kuyovlarning nikohi qonuniy qayd etilib, nikoh guvohnomalari topşirildi.
Tadbirda iştirok etgan nuroniylar, kelin-kuyovlarning, töy bolalarning yaqinlari davlatimizning, jamiyatimizning eʼtibori, muhtaram Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning yoşlarning baxtiyor va farovon yaşaşi, hayotda munosib örinlarini topişi yölida körsatayotgan ğamxörliklari uçun minnatdorçilik bildirişdi.
Taniqli sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qöşiqlar davraga fayz kiritdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶