9-aprel – Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun
FAROVON TURMUŞIMIZ ASOSI
Özbekiston Respublikasi mustaqillikka erişganidan keyin Qoraqalpoğiston ham Özbekiston Respublikasi tarkibiga kiradigan suveren demokratik Respublika, deb eʼlon qilindi.
Qoraqalpoğiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1993-yil 9-aprel kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Oliy Kengaşining 12-sessiyasida qabul qilindi.
Qoraqalpoğistonning Özbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren demokratik davlat sifatidagi maqomi mazkur Konstitutsiyada tantanavor mustahkamlab qöyilganligi, Respublika Oliy Kengaşi tomonidan suveren Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun – 9-aprel – Qoraqalpoğiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb eʼlon qilingani quvonçli tarixiy hodisa böldi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan Özbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik örnatilgan. Şuning uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi fuqarosi, ayni vaqtda, Özbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi (21-modda). Bunday qoida Özbekiston Respublikasining «Fuqarolik töğrisida»gi qonunida ham mustahkamlangan (2-modda).
Demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan biri – barça fuqarolarning qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini taʼminlaşdir.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlarining Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos kelişiga qöyiladigan talab Özbekiston va Qoraqalpoğistonning davlat-huquqiy munosabatlari xususiyatlaridan, Qoraqalpoğistonning Konstitutsiyaviy – huquqiy maqomidan kelib çiqadi.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, şuni taʼkidlaş mumkinki, mustaqil Özbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpoğiston huquqiy tizimining şakllanişi va rivojlanişida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining rolini nazariy va amaliy jihatdan örganiş hamda körsatib beriş muhim ahamiyatga ega masala hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, Qoraqalpoğiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimizning osoyiştaligi, erkin hayot keçirişi garovidir.
Fursatdan foydalanib, tumanimizning barça fuqarolarini Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami bilan muborakbod etaman.
Ilhom Nurullayev, tuman hokimligi huquqşunosi.
(Foto - sovminrk.gov.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶