Jamiyat
👁 4,270
Onalar alla aytganda
Yaqinda tuman Madaniyat boʻlimi tashkillashtirgan "Onalar alla aytganda” deb nomlangan tanlovning qutlugʻ Navroʻz bayrami arafasida oʻtkazilgani ham qadim momolarimiz anʼanasiga sodiqlik ifodasidir.
"Onalar alla aytganda” tanlovida tumanimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakilalari ishtirok etdilar. Shahnoza Matsafoyevaning oʻzbek tilida, Gullola Bayrammedovaning turkmancha, Polzoda Ubbiniyozovaning qoraqalpoqcha, Gulayda Rahimovaning qozoqcha aytgan allalari, har birining millat ayoliga xos milliy kiyinishlari va beshikka oʻzgacha mehr bilan qarab kuylashlari ayniqsa eʼtiborni tortdi. Boisi, ona mehrini his qilmagan inson boʻlmaganidek, ona mehridan yaralgan allani ham beparvo tinglaydigan inson yoʻq.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶