15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 11:09
Jamiyat 👁 4,443

SAODAT

SAODAT

Mangʻit shahrining "Boʻston” mahallasi "Nurli yoʻl” koʻchasida istiqomat qiluvchi Ortiqboy Shomurodovning oilasi uchun joriy yilning mart oyi haqiqiy bayramlar oyi. Boisi, 8-mart – Xalqaro  xotin-qizlar kuni, Navroʻz bayramidan tashqari bu yil 5-martda Ortiqboy aka va Omongul Jumageldiyevalarning turmush qurishganiga 40-yil toʻldi. 11-mart – Ortiqboy akani dunyoga keltirgan, tabarruk yoshga yetgan onasining tavallud kuni.

– Aslida tinch-totuv, osoyishta oʻtayotgan har bir kunimiz bayramday, – deydi shukronalik bilan Ortiqboy aka.

Ha, u oʻz hayotidan, farzandlari kamolidan har qancha faxrlansa arziydi. U oilada sakkiz nafar farzandning  biri edi. Turkman millatiga mansub boʻlsa-da, darslar oʻzbek tilida oʻqitiladigan maktabda, keyin oliygohda oʻqidi, mutaxassislikni puxta egalladi. Bir umr pochta aloqasi, telekommunikatsiya sohasida ishladi. 1998-yildan 2002-yilgacha tuman pochta aloqasi boʻlimiga, 2002-yildan to shu kungacha tuman telekommunikatsiya tarmogʻiga rahbarlik qilib kelmoqda. 7 nafar farzandning otasi. Ularni ham turmush oʻrtogʻi Omongul opa bilan el koriga yaraydigan insonlar qilib voyaga yetkazishdi, biri hamshira, biri "Oʻzbekiston pochtasi” AJ tuman boʻlimida, turli korxona, tashkilotlarda mehnat qilishadi. Bari maslahatlashib, turli sabablar bahona uyida yigʻilishib qolganida,  Ortiqboy akaning, Omongul opaning atrofi nevaralarga toʻlib, koʻngillari togʻday koʻtarilib ketadi.

Ortiqboy Shomurodovning ota-onasi 1947-yilda Turkmanistondan koʻchib kelib, shu yerda turgʻun yashab qolishgan ekan.

– Otam ikkinchi jahon urushi nogironi boʻlsa-da, 27-yil obodonlashtirish boʻlimida ishlab, nafaqaga chiqqan edi. Biz 8 nafar farzand hammamiz shu yerda tugʻilib, shu yerda voyaga yetib, oilali boʻldik. Hech kimdan kam joyimiz yoʻq. Tugʻishganlarimning ham, farzandlarimning ham turmushidan koʻnglim toʻq. Qoʻni-qoʻshni, mahalladoshlarimiz ahil, hamjihat. Shu el bilan yaqin qarindosh boʻlib ketdik, – deydi u mamnuniyat bilan.

Ortiqboy akaning turmushidan faxrlanishi bejiz emas. Turmush oʻrtogʻi Omongul Jumageldiyeva ham tuman Obodonlashtirish boshqarmasida, "Matbuot tarqatuvchi” aktsiyadorlik jamiyatida ishlab nafaqaga chiqdi, shu kungacha oilasida, tugʻishganlarining yaxshi kunlarida, toʻylarida shu el odamlari quvonchiga sherik boʻladi, saharlab xizmatga keladi. Oʻzi ham imkon qadar el bilan boʻlishga intiladi.

– Turkmaniston davlatidan qarindoshlarimiz mehmonga kelishsa, turmushimizga havas qilishadi, – deydi Omongul opa toʻlib-toshib. – Turkmaniston va Oʻzbekiston davlatlari orasida oʻzaro hamdoʻstlik aloqalari yana ham mustahkamlanayotganidan quvonadi.

Aslida ham insonning oʻz hayotidan mamnun boʻlib, rozi boʻlib yashashidan ortiq ulkan baxt bormi? Ana shunday ulugʻ saodat hammaga ham nasib etsin!

Oygul Rajabova.

Suratda: O.Shomurodov oila aʼzolari bilan.

                                                                                            M.Shomurodov olgan surat.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019