MEHR-MURUVVAT – KOʻNGILLARGA MADAD
Xalqimiz azal-azaldan shu zaminda bir-biriga yelkadosh, quvonchi-yu tashvishiga sherik boʻlib, ahil-inoq yashab kelishgan, muhtojlarga mehr-muruvvat koʻrsatib, koʻngillariga madad boʻlishgan.
Tumanimizda qutlugʻ hayit kunlari, bayramlar oldidan ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar holidan xabar olib, ularni moddiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash yaxshi anʼanaga aylangan.
Shunga muvofiq 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami oldidan kam taʼminlangan 47 nafar ayol-qizlarga bayram sovgʻalari berildi. Shuningdek, barcha ovul va mahallalarda faol ayol-qizlar uchun dasturxon yozilib, bayram koʻngildagiday nishonlandi.
Navroʻz bayrami arafasida ham aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga beminnat muruvvat yordamlari berildi. 148 ta kam taʼminlangan oila uy-joylari taʼmirlandi, 158 ta ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam berildi. Shundan 86 oila nogiron va yakka-yolgʻiz yashovchi keksalar oilalaridir.
Keksalar, ikkinchi jahon urushi nogironlari va faxriylari, yakka-yolgʻiz yashovchi keksalarga gʻamxoʻrlik qilish doimo hukumatimizning yurtdoshlarimizning diqqat-eʼtiboridadir.
O.RAJABOVA.
(Foto: OʻzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶