TUMANDAGI «MADAD» HUQUQIY MASLAHAT BYuROSI SAMARALI FAOLIYaT YuRITMOQDA
Mamlakatmizda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirişga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oşirişga, aholiga bepul yuridik yordam körsatiş tizimini yanada takomillaştirişga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
2019-yil 6-sentyabr sanasida qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Aholiga huquqiy axborotni yetkaziş va yuridik yordam körsatiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori bu boradagi işlar samaradorligini oşirişda muhim dasturulamal bölmoqda.
Uşbu qarorga muvofiq hududlarda, «Madad» - muassasa şaklidagi nodavlat notijorat taşkiloti Amudaryo tumanidagi huquqiy maslahat byurosi taşkil etilgan edi.
Hozirgi kunda tuman Davlat xizmatlari markazi binosida faoliyat yuritayotgan mazkur byuro tomonidan qator samarali işlar qilinmoqda. Xususan, byuro mutaxassislari aholiga bepul huquqiy maslahat hamda amaliy huquqiy yordam körsatib kelinmoqda. Fuqarolarga bevosita hamda onlayn rejimda bepul huquqiy maslahat berilib, birlamçi yuridik yordam körsatilmoqda. Qolaversa, taşkil etilayotgan samarali işlar natijasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirişga kömaklaşilmoqda.
«Madad» - muassasa şaklidagi nodavlat notijorat taşkiloti Amudaryo tumanidagi huquqiy maslahat byurosi boş mutaxassisi Nilufar Jumaniyazova tomonidan har kuni kamida 10-15 nafar fuqarolarga turli masalalar yuzasidan huquqiy maslahat va tuşuntirişlar beriladi. Jumladan, fuqarolar tomonidan mehnat munosabatlari, pensiya va ijtimoiy himoya, oilaviy masalalar, sud-huquq sohasiga oid, uy-joy masalalariga taalluqli bölgan huquqiy maslahat hamda tuşuntirişlar berilmoqda.
Alohida takidlaş kerakki, aholi tomonidan bepul yuridik yordam olişni yanada qulaylaştiriş maqsadida ilğor xorij tajribasidan foydalangan holda maxsus yaratilgan huquqiy axborot portali imkoniyatlaridan ham samarali foydalanilmoqda.
Fuqarolar huquqiy masalalarga oid savollar bölsa, «Madad» nodavlat notijorat taşkilotining Huquqiy maslahat byurolari hududiy byurolariga murojaat qilişlari mumkin. Qolaversa, aholida onlayn tarzda bepul huquqiy maslahat oliş imkoniyati ham mavjud. Fuqarolar maxsus sayt orqali savollarini yöllaşlari hamda barça savollarga huquqşunos javobini olişlari mumkin.
Qayd etiş joizki, “Madad” muassasining samarali faoliyati natijasida aholiga bepul yuridik yordam körsatişning innovatsion tizimi yaratilmoqda, murojaatlarni körib çiqiş bilan boğliq xarajatlarning qisqarişiga yordam berilmoqda, fuqarolarning hamda davlat organlari va taşkilotlari xodimlarining vaqti tejalmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶