“MEHR HARAKATI” DOIRASIDAGI TADBIRLAR YuRTDOŞLARIMIZGA MADAD BÖLAYoTIR
Xalqimiz azal-azaldan şu ona zaminimizda mehr-oqibat, özaro hamjihatlik, muhtojlarni qöllab-quvvatlaşdek insoniy fazilatlarni möʼtabar sanab, bir-biri bilan döst-birodar bölib yaşab kelgan, zarurat tuğilganda bir-biriga beğaraz kömak bergan.
Asrlar oşa yaşab kelayotgan buningdek umrboqiy urf-odatlarimiz, anʼanalarimiz zamirida ajdodlarimizning yuksak aql-zakosi, çin möminligi aks etadi va avlodlardan avlodlarga ötib kelmoqda.
Bugungi kunda muhtaram Yurtboşimiz taşabbuslariga köra xalq bilan muloqot qiliş, ularning muammolarini tinglab, ijobiy hal etiş, kömak beriş va har bir fuqaroning hayotidan rozi bölib yaşaşiga erişiş borasida tizimli işlar yölga qöyilgan.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi taşabbusi bilan respublikamiz böylab ötkazib kelinayotgan “Mehr harakati” ham şaroiti oğir, kam taʼminlangan oilalarni qöllab-quvvatlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Maʼlumki Özbekistonning boşqa viloyatlariga nisbatan bizning hududimizda qiş fasli sovuq va uzoqroq davom etadi. Bunday ob-havo şaroitida kam taʼminlangan oilalar turmuşida ança muammolar yuzaga keladi. Şunday damlarda “Mehr harakati” doirasida amalga oşiriladigan tadbirlarda kamxarj oilalarga beminnat xayr-saxovat körsatilib, qöllab-quvvatlanayotir. Bu köngillarga iliqlik, şukronalik baxş etadi.
Şu yilning 9-dekabrida Çoyköl ovulidagi Döstlik muqobil maşina traktor parki omborxonasida tuman hokimi örinbosari, oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Soburova “Mehr harakati” doirasida tumanimiz fermerlarining xayr-saxovati hisobiga jamğarilgan oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlarini ehtiyojmand 78ta oilalarga tarqatdi. Tumanimizning turli burçaklarida istiqomat qilayotgan kam taʼminlangan, boquvçisini yöqotgan, turmuşida iqtisodiy muammolarga duç kelgan oilalar vakillari un, moy, moş, guruç, kartoşka, sabzi kabi turli rözğor ehtiyojiga zarur mahsuoltlarni olib, tumanimiz rahbarlariga, sahovatpeşa fermerlarga minnatdorçilik bildirdilar. Şuningdek harakat doirasida 105ta oilaga 42 tonna kömir, 4 oilaga suyultirilgan gaz balloni, 2ta oilaga gaz plitasi, 90ta oilaga isitiş peçkalari, ehtiyojmand oilalarning 120 nafar bolalariga boşdan oyoq kiyim-keçaklar hadya etildi.
Tumanimizda “Mehr harakati” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
Xalqimizga xos bağrikenglikning bir ifodasi bölgan uşbu harakat negizida ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvçisidan ayrilgan, qöllab-quvvatlaşga muhtoj oilalarga beğaraz yordam berilib, qişning ayozli kunlarini talofatlarsiz ötkazişlariga imkon yaratilmoqda.
Hayot yöllari doimo bir tekis bölavermaydi. Heç kim men hayotda doimo baxtiyor, farovon yaşayman, heç kimga muhtoj bölmayman, deya olmaydi, taqdir har kimni har xil har manzilda sinaydi. Şunday damlarda beğaraz uzatilgan döstona qöl kişiga madad, suyanç böladi. Xalqimizga xos bağrikenglik, özaro mehr-oqibat va xayr-saxovat kabi urf-odatlarimizning hayotbaxşligi ham şundandir.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶