Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining yigirma töqqizinçi sessiyasi töğrisida AXBOROT
2017-yil 1-mart kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 29-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiya majlisida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Joldasbay Abdujamilov, tuman hokimi S.Yöldoşev, tumandan saylangan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari, tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari va bölimlar rahbarlari, jamoat taşkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiya kotibi etib 18-Xitoy saylov okrugidan tuman Kengaşi deputati G.Babajanov saylandi.
Sessiya kun tartibiga "Böşagan örinlarga xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga 2017-yil 26-fevralda bölib ötgan saylov natijalari töğrisida”gi, "Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining doimiy komissiyalari tarkibiga özgartişlar kiritiş töğrisida”gi, "Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisining ayrim farmoyişlarini tasdiqlaş töğrisida”gi hamda "Aholiga tibbiy xizmat körsatişni, dori vositalari taʼminotini yanada yaxşilaş, uşbu sohadagi qonunçilikni amaliyotga samarali tatbiq etişga kömaklaşiş, şuningdek bu sohada deputatlar va jamoatçilik nazoratini samarali amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi masalalar kiritildi.
Kun tartibidagi birinçi masala böyiça tuman saylov komissiyasi raisi A.Kamolovga axborot berdi. Taʼkidlanganidek, 2017-yil 26-fevral kuni xalq deputatlari tuman Kengaşiga örni böşab qolgan 12-Arnaböyi, 19-Toryop, 26-Çoyköl saylov okruglarida deputatlar saylovi bölib ötdi. Saylovlar umumiy, teng va töğridan-töğri, yaşirin ovoz beriş yöli bilan, qonun talablari asosida ötkazildi.
Sessiyada saylov natijalariga köra xalq deputatlari tuman Kengaşiga saylangan deputatlar – S.Yöldaşev, I.Palvanov va X.Rajabovalarning deputatlik vakolatlari eʼtirof etildi, şuningdek, mazkur saylov yakunlari böyiça sessiyada tuman Kengaşining 3 ta doimiy komissiyalari tarkibiga özgartirişlar kiritiş böyiça qarorlar qabul qilindi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi "Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi PQ-2691-sonli qarori ijrosi yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2017-yil 31-yanvardagi 36-sonli qarori qabul qilinib tuman hokimligi apparati strukturasiga özgarişlar kiritilib, tasdiqlangan edi.
Şu munosabat bilan sessiyada tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari va tuman hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosarini tayinlaş yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisining farmoyişlari deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala böyiça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati J.Abdijamilov sözga çiqib, mamlakatimizda aholiga tibbiy xizmat körsatişni, dori vositalari taʼminotini yanada yaxşilaş böyiça amalga oşirilayotgan işlarga keng turda töxtalib ötdi.
Sessiyada mazkur sohadagi qonunçilikni amaliyotga samarali tatbiq etişga kömaklaşiş, şuningdek bu sohada deputatlar va jamoatçilik nazoratini samarali amalga oşiriş maqsadida tuman Kengaşi huzurida komissiya taşkil qilindi hamda tuman Kengaşi deputatlari tegişli hududlarga biriktirildi.
Kun tartibidagi barça masalalar böyiça tuman Kengaşining tegişli qarorlari qabul qilindi va şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶