17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 11:03
Jamiyat 👁 4,409

INSON ShAʼNI VA OBROʻSI XAMMA NARSADAN ULUF

INSON ShAʼNI VA OBROʻSI XAMMA NARSADAN ULUF

Hayot – inson bilan, uning intilishlari, orzu-umidlari, yaratuvchanligi bilan goʻzal. Ana shu goʻzallikning daxlsizligini taʼminlash, insonning tinch-osoyishta, baxtiyor hayot kechirishi uchun zarur huquqiy asoslarni yaratish bizning mamlakatimizda davlat siyosatining  ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi. Chunki inson toʻlaqonli baxtiyor, farovon hayot kechirsagina oilalar tinch, avlodlar barkamol boʻladi. Oila baxtiyor boʻlsa, avlodlar aqlli, zakovatli, Vatanda barqaror rivojlanish boʻladi.

Mustaqillik yillarida, agar eʼtibor bergan boʻlsangiz, insonning shaʼni, obroʻ-eʼtibori, shaxsiy hayotiga doir barcha huquq va erkinliklari borasidagi huquqiy asoslar yanada takomillashtirildi. Inson qadr-qimmati joyiga qoʻyildi. Mustabidlik davridagi inson shaʼniga qilingan tajovuzlar (qatagʻon yillaridagi kamsitish, xoʻrlash, oʻlim jazosiga hukm etish), tuhmatlar uyushtirish orqali inson obroʻsini toʻkish (mashʼum "paxta ishi”) kabi nohaqliklarga chek qoʻyilib, har bir fuqaroning shaxs sifatida shakllanishi, oʻz yeri, oʻz mulkiga egalik qilib, ozod va hur yashashi uchun kafolatli huquqiy asoslar yaratildi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – inson hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi kafolatli huquqiy Qomus xalqimiz hayotidan munosib oʻrin oldi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida: "Har kim oʻz shaʼni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega”, ekanligi mustahkamlab qoʻyilgan. Bundan tashqari, ushbu moddaga koʻra "Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv oʻtkazishi yoki uni koʻzdan kechirishi, yozishmalar va telefonda soʻzlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas”.

Demak, bundan koʻrinadiki, fuqaro oʻz oilasi bilan tinchgina yashayotgan hovli-joyga chetdan kimdir oʻzboshimchalik bilan kirib kelishiga va hovli-joy  yuzasini, uy ichkarisini besabab tekshiruvdan oʻtkazishiga, uy-joy egasining nafsoniyatiga tegishga aslo yoʻl qoʻyilmaydi. Chunki mamlakatimizda inson qadr-qimmati, or-nomusi, uning oʻziga va oilasiga tegishli barcha haq-huquqlari daxlsizligi Bosh Qomusimizda yuqoridagi modda orqali kafolatlab qoʻyilgan.

Mamlakatimiz fuqarolari mustaqil shaxslardir. Ular Oʻzbekiston fuqarosi sifatida mamlakatimizning hududida bir joydan ikkinchi joyga koʻchib oʻtishi, agar boshqa Respublikalarda yashayotgan boʻlsa, Oʻzbekistonga bemalol  kelishi yoki  ketishi mumkin. Yaʼni, qarindoshlik rishtalari bilan bogʻlangan fuqarolar boʻlsa, bemalol qonuniy asosda Oʻzbekistonga kelib-ketishi ham Konstitutsiyamizda oʻz aksini topgan. Yaʼni, Konstitutsiyamizning 28-moddasida: "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga koʻchish, Oʻzbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega” ekanligi belgilab qoʻyilgan.

Bundan koʻrinadiki, Konstitutsiyamizning har bir moddasi va har bitta  bandi inson qadr-qimmatini ulugʻlash, uning orzu-niyatlarini roʻyobga chiqarish, jamiyatdan rozi, baxtiyor va farovon yashashi uchun xizmat qiladi. Chunki yuqorida taʼkidlaganimizday, hayot  gultoji boʻlgan – insonning farovon turmush tarzi, orzu intilishlarining  roʻyobi, huquq va manfaatlarining ustuvorligi bevosita mamlakat taraqqiyotiga daxldordir. Bu daxldorlik Bosh Qomusimiz orqali xalqimiz hayotida haqiqiy ifodasini topmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

(Foto - http://mahallagzt.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026