14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 11:58
Siyosat 👁 2,787

TUMAN HOKIMI HISOBOT BERDI

TUMAN HOKIMI HISOBOT BERDI

2017-yil 26-yanvar kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 28-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada tuman hokimi, tuman kengashi deputatlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik boʻlimlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda jamoat tashkilotlari xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Maʼlumki, qonunchiligimizdagi oʻzgarishlarga asosan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining Reglamentiga oʻzgartirish kiritilib, unga asosan, sessiyada hokimning hisobotini eshitishda xalq deputatlari tuman Kengashining raqobatlashayotgan partiya guruhlari rahbarlaridan biri sessiyaga raislik qiladi, deb belgilangan.

2017-yil 24 yanvar kuni boʻlib oʻtgan tuman Kengashidagi raqobatdosh siyosiy partiyalar deputatlik guruhlari rahbarlarining yigʻilishining qaroriga asosan, sessiyaga Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi rahbari Maqsud Saʼdullayev raislik qildi. Sessiya kotibi etib 22-Jumurtov saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Bahrom Shermanov saylandi.

Sessiya kun tartibiga "Amudaryo tumanida 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2017-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari haqida tuman hokimining hisoboti toʻgʻrisida”gi hamda "2016-yil 12 oyi davomida jinoyatchilik va qonuniylikning ahvoli hamda bu borada tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurorining axboroti toʻgʻrisida”gi masalalar havola qilindi.

Dastlab tumanda 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2017-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari haqida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev hisobot berdi.

Taʼkidlanganidek, hisobot davrida tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilab olingan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning bajarilishi taʼminlandi. 2016-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 179,5 mlrd soʻmga yetib, oʻtgan yilga nisbatan 116,5 foizga, xalq isteʼmol mollarini ishlab chiqarish hajmi 83,3 mlrd. soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilga nisbatan 107,0 foizga oʻsishiga erishildi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 2016-yilda umumiy qiymati 18,6 mlrd. soʻmlik 220 ta loyiha ishga tushirilib, 826 ta yangi ish oʻrinlarini yaratildi.

Tumanda sanoat sohasini rivojlantirish maqsadida 2016-yilda qiymati 6 mlrd. 670 mln. soʻmlik mablagʻlar hisobidan jami 22 ta loyihalar amalga oshirildi hamda ularda 278 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Tumanimiz hokimi oʻz soʻzida tumanni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish boʻyicha oʻtgan yilda amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil axborot berdi. Bu borada kamchiliklarga yoʻl qoʻygan muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari ogohlantirildi. Shuningdek, kelgusi yilda 2017-yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan asosiy yoʻnalishlarga ham keng turda toʻxtalib oʻtdi.

Hisobot yuzasidan muzokaralarga 8-Boʻston saylov okrugidan deputat, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlik guruhi aʼzosi Xolmurod Oʻrazakov, 18-Xitoy saylov okrugidan deputat, "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi guruhi aʼzosi Gulmirza Babajanov, 3-Boyovul saylov okrugidan deputat, Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi aʼzosi Nilufar Davletova hamda 29-Qangli saylov okrugidan deputat Zamira Saparova, shuningdek, xalq deputatlari tuman Kengashidagi Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi aʼzosi Otabek Yoʻldoshov, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlik guruhi rahbari Madamin Kazakov "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlik guruhi rahbari Shirin Yangibayevalar ishtirok etib, tuman hokimiga savollar bilan murojaat qildilar va tegishli javoblar oldilar.

Tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisining oʻrinbosari Adilboy Yusupov tuman hokimning hisoboti boʻyicha masʼul doimiy komissiya xulosasining mazmuni va xalq deputatlari tuman Kengashi qarori loyihasi bilan tanishtirdi.

Tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi aʼzolari va Kengash deputatlarining fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda tuman hokimi va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishining samaradorligiga qoniqarli deb baho berildi. Shuningdek, hokim va ijroiya hokimiyat organlari ishini takomillashtirishga doir tavsiyalar va takliflar qabul qilindi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala boʻyicha tuman prokurori Farhod Allambergenov axborot berdi.

Axborotda 2016-yilning 12 oyi davomida tumanda jinoyatchilik va qonuniylikning ahvoli hamda bu borada tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish va kelgusida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tegishli mutasaddilarga aholi oʻrtasida profilaktika ishlarini samarali tashkil qilish, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilikni kamaytirish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish uchun ularni taʼlimga toʻliq jalb qilish, oʻqish va yashash joylarida sogʻlom muhitni yaratish, turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar va sport musobaqalarini uyushtirish, aholining bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlari tashkil etish kabi vazifalar berildi.

5-Beruniy saylov okrugidan deputat, 40-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Sanobar Xujamuratova va 24-Oq oltin saylov okrugidan deputat Rimboy Oʻrazbayevlar tuman prokuroriga savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblar oldi.

Kun tartibidagi har ikkala masala boʻyicha deputatlarning hamda muzokaralarda ishtirok etganlarning fikr-mulohazalari inobatga olingan holda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Sessiyada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Agrar, suv xoʻjaligi va tabiatni muhofaza qilishqoʻmitasi raisi Ilhomboy Yunusov ishtirok etdi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.


🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019