Askarlar oʻquvchilar bilan uchrashdi
Shu yilning 11-yanvarida "Ayoqchi” chegara postida harbiy xizmat vazifasini oʻtayotgan 18 nafar askarlarning 69-sonli maktab oʻquvchilari va mahalla faollari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uyushtirilgan uchrashuvda MFY raisi A.Qalandarov, maslahatchi M.Jumaniyozova, 69-sonli maktab maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Barchinoy Eshmatovalar mamlakatimiz chegaralari daxlsizligini taʼminlashga hissa qoʻshayotgan chegarachilarni qizgʻin qutlab, esdalik sovgʻalarini topshirdilar.
Tadbirda maktab oʻquvchilari va mahalla yoshlari ishtirokida askar yigitlarga atab bayram kontsert dasturi namoyish etildi.
Tadbir
Yaqinda tumanimizdagi "Ayoqchi” va "Mangʻit” chegara postlarida harbiy xizmat burchini ado etayotgan askar yigitlar oʻrtasida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlanib, sportning voleybol, arqon tortishish, futbol turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.
Harbiy xizmatga saralab olingan va xizmatini ado etish chogʻida yana ham chiniqib, kuch-quvvatga toʻlgan, yuragida ona yurtimizga mehr-muhabbat, tinch-osoyishtaligi uchun masʼullik hissi joʻsh urayotgan askar yigitlar orasidagi musobaqalar juda qizgʻin va murosasiz kechdi.
Suratda: musobaqa ishtirokchilaridan bir guruhi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶