Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining yigirma oltinçi sessiyasi töğrisida AXBOROT
2016-yil 29 dekabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 26-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyaga tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev raislik qildi. Sessiyada tuman Kengaşi deputatlari, hokim örinbosarlari va hokimlik masʼul xodimlari, bölimlar, kommunal soha, tijorat banklari va jamoat taşkilotlari rahbarlari, kasb-hunar kollejlari direktorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi. Sessiya kotibligiga 17-"Bözyop” saylov okrugidan deputat Gulasal Matyakubova saylandi.
Sessiya kun tartibiga "Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2017-yilgi asosiy körsatkiçlari töğrisida”gi, "Soğlom ona va bola yili” tuman hududiy dasturining 2016-yildagi ijrosi töğrisida”gi hamda "Tumanda 2016-yil iş örinlarini yaratiş va aholi bandligini taʼminlaş dasturining ijrosi va 2017-yilgi Dasturi loyihasi töğrisida”gi masalalar havola qilindi.
Kun tartibidagi birinçi masala böyiça sözga tuman moliya bölimi mudiri örinbosari Baxtiyor Kamolov çiqib, tuman mahalliy byudjetining 2017-yilgi asosiy körsatkiçlari töğrisida axborot berdi.
Kun tartibidagi ikkinçi, yaʼni "Soğlom ona va bola yili” tuman hududiy dasturining 2016-yildagi ijrosi böyiça tuman hokimi örinbosari – xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Axmedova sözga çiqib, axborot berdi.
Taʼkidlanganidek, "Soğlom ona va bola yili” tuman dasturining ijrosi taʼminlanib, dastur doirasida 41 mlrd. 759 mln. 300 ming söm va 233 ming AQŞ dollaridan ortiq mablağ hisobiga tumanda keng kölamli işlar amalga oşirildi.
Navbatdagi masala, yaʼni "Amudaryo tumanida 2016-yil iş örinlarini yaratiş va aholi bandligini taʼminlaş dasturining ijrosi va 2017-yilgi Dasturi loyihasi töğrisida”gi masala yuzasidan axborot uçun söz tuman hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantiriş, xizmat körsatiş sohasi va tadbirkorlik masalalari böyiça örinbosari Maʼmurjon Temirboyevga berildi.
Axborotda taʼkidlanganidek, 2016-yil davomida 4831 ta yangi iş örinlari taşkil qilinib, 2017-yilda 3030 ta yangi iş örinlarini taşkil qiliş rejalaştirilmoqda.
Muhokamalarda tuman Kengaşi deputatlari, muassasa va taşkilotlar rahbarlari sözga çiqib, kun tartibidagi masalalar böyiça fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Kun tartibidagi barça masalalar yuzasidan tuman Kengaşining tegişli qarorlari qabul qilindi va şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶