BARQARORLIK VA TARAQQIYoT KAFOLATI
Özbekiston xalqi:
– inson huquqlariga va davlat suvereniteti ğoyalariga sodiqligini tantanali ravişda eʼlon qilib;
– hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyatini anglagan holda, özbek davlatçiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib;
– demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib;
– xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda;
– respublika fuqarolarining munosib hayot keçirişlarini taʼminlaşga intilib;
– insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etişni közlab;
– fuqarolar tinçligi va milliy totuvligini taʼminlaş maqsadida;
– özining muxtor vakillari siymosida Özbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddimasidagi uşbu sözlarning öziyoq har bir fuqaroda Baxtimiz Qomusi – Asosiy Qonunimizdan faxrlaniş hissini uyğotadi. Oltita bölim, 128 ta moddadan iborat uşbu hujjat inson qadr-qimmatini yuksak tutadi, şu aziz Vatanda emin-erkin yaşaş, munosib şaroitlarda mehnat qiliş, şaxsiy huquqlaridan foydalaniş imkoniyatini beradi.
Konstitutsiyamizning VII bob, 24-moddasida "Yaşaş huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qiliş eng oğir jinoyatdir” deb körsatilgan.
Şukrki, mamlakatimizda istiqomat qiluvçi turli millat vakillari ahil-inoqlikda, öz yurtining yanada taraqqiy etişi, dunyodagi eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olişi uçun mehnat qilib, tinç-osuda yaşamoqdalar. Ular mazkur Qonunimizning 27-moddasida belgilanganiday, "Har kim öz şaʼni va obrösiga qilingan tajovuzlardan, şaxsiy hayotiga aralaşişdan himoyalaniş va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega.
Heç kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan taşqari birovning turar joyiga kirişi, tintuv ötkazişi yoki uni közdan keçirişi, yozişmalar va telefonda sözlaşuvlar sirini oşkor qilişi mumkin emas”.
Şu satrlarning öziyoq Özbekistonimizning mustaqil davlat sifatida qabul qilgan Asosiy Qonunida inson huquqlari masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilganligini, fuqarolarning asosiy huquqlariga, erkinliklariga va burçlariga alohida eʼtibor berilganini, bularning alohida moddalarda bayon qilinganini köramiz.
Inson huquqlari masalasi demokratik huquqiy davlatning muhim belgilaridan bölib, u davlatning qay darajada rivojlanganini özida aks ettiradi. Şu maʼnoda olib qaraydigan bölsak, bizning Konstitutsiyamizda Qonun ustuvorligi taʼminlangani va har bir satri fuqarolarimizning baxtiyor hamda farovon yaşaşiga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oşirilgan keng kölamli özgarişlarning, yangilaniş va rivojlanişlarning hal qiluvçi omili şubhasiz, fuqarolarimizning tafakkurida röy berayotgan tub özgarişlar, ularning yon-atrofdagi voqealarga munosabati, daxldorlik hissi, siyosiy faolligi va fuqarolik pozitsiyasi tobora ösib borayotganidir. Bunda albatta, baxtimiz Qomusi – Asosiy Qonunimiz muhim örin tutadi.
Bir söz bilan aytganda, Konstitutsiyamiz barqarorlik va ijtimoiy taraqqiyotimiz kafolatidir, taraqqiyotni taʼminlovçi inson huquqlari kafolatidir.
Feruza SAPAROVA, huquqşunos.
Foto - ÖzA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶