YaQIN KOʻMAKDOSh BOʻLAYaPMIZ
Mahallamizda 3024 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 2064 nafari shu yil 4-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz beradi. Ulardan 84 nafari birinchi marta ovoz beradigan yoshlar hisoblanadi. Mahallamiz aholisi Mangʻit iqtisodiyot kolleji binosida joylashgan 85-sonli saylov uchastkasida ovoz beradilar. Bu yerda mamlakatimiz va xalqimiz hayotidagi muhim siyosiy tadbirni yuksak saviyada oʻtkazish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Saylovchilarning saylov huquqini toʻla roʻyobga chiqarishlari uchun alohida tayyorgarlik koʻrildi. Ona va bola hamda tibbiyot xonalari tashkil etildi. Ayni chogʻda uchastkada saylovchilar roʻyxati shakllantirilib, devorga osib qoʻyildi.
Mamlakatimiz hayotidagi ushbu ijtimoiy-siyosiy tadbirga puxta hozirlik koʻrilmoqda. Maqsadimiz saylovni umumeʼtirof etilgan xalqaro andozalar darajasida oʻtkazishdan iborat. Saylovga tayyorgarlik koʻrish davrida saylovchilar xuquqiy madaniyatini, saylov madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tashviqot ishlari izchillik bilan olib borilmoqda. Aholining saylov jarayonidan xabardorlik darajasini yanada oshirish maqsadida mahallamizda "Men shaxsan oʻzim ovoz beraman!”, "Bizning oilamizda har birimiz oʻz ovozimizga egamiz!”, "Mening ovozim Vatanim kelajagiga daxldor!”, "Saylovchilar roʻyxatida bormisiz?” degan mavzularda targʻibot ishlari oʻtkazilmoqda. Bundan tashqari bu yilgi saylovlarda xotin-qizlarning saylov jarayonidan xabardorlik darajasini oshirish maqsadida "Xotin-qizlarning saylovlardagi ishtiroki” mavzusida mahallamizda uy bekalari, nuroniylar va yoshlarni keng jalb qilgan holda uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil qilinmoqda. Mahallamiz faollari saylov jarayoni bilan bogʻliq ishlarda uchastka saylov komissiyasi aʼzolariga yaqindan koʻmaklashmoqda.
Rustam
NURIMBETOV, "Olmazor” mahalla fuqarolar yigʻini raisi.
(Foto - OʻzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶