YaQIN KÖMAKDOŞ BÖLAYaPMIZ
Mahallamizda 3024 nafar aholi istiqomat qiladi. Şundan 2064 nafari şu yil 4-dekabr kuni bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz beradi. Ulardan 84 nafari birinçi marta ovoz beradigan yoşlar hisoblanadi. Mahallamiz aholisi Manğit iqtisodiyot kolleji binosida joylaşgan 85-sonli saylov uçastkasida ovoz beradilar. Bu yerda mamlakatimiz va xalqimiz hayotidagi muhim siyosiy tadbirni yuksak saviyada ötkaziş uçun barça zarur şaroitlar yaratilgan. Saylovçilarning saylov huquqini töla röyobga çiqarişlari uçun alohida tayyorgarlik körildi. Ona va bola hamda tibbiyot xonalari taşkil etildi. Ayni çoğda uçastkada saylovçilar röyxati şakllantirilib, devorga osib qöyildi.
Mamlakatimiz hayotidagi uşbu ijtimoiy-siyosiy tadbirga puxta hozirlik körilmoqda. Maqsadimiz saylovni umumeʼtirof etilgan xalqaro andozalar darajasida ötkazişdan iborat. Saylovga tayyorgarlik köriş davrida saylovçilar xuquqiy madaniyatini, saylov madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan taşviqot işlari izçillik bilan olib borilmoqda. Aholining saylov jarayonidan xabardorlik darajasini yanada oşiriş maqsadida mahallamizda "Men şaxsan özim ovoz beraman!”, "Bizning oilamizda har birimiz öz ovozimizga egamiz!”, "Mening ovozim Vatanim kelajagiga daxldor!”, "Saylovçilar röyxatida bormisiz?” degan mavzularda tarğibot işlari ötkazilmoqda. Bundan taşqari bu yilgi saylovlarda xotin-qizlarning saylov jarayonidan xabardorlik darajasini oşiriş maqsadida "Xotin-qizlarning saylovlardagi iştiroki” mavzusida mahallamizda uy bekalari, nuroniylar va yoşlarni keng jalb qilgan holda uçraşuvlar, davra suhbatlari taşkil qilinmoqda. Mahallamiz faollari saylov jarayoni bilan boğliq işlarda uçastka saylov komissiyasi aʼzolariga yaqindan kömaklaşmoqda.
Rustam
NURIMBETOV, "Olmazor” mahalla fuqarolar yiğini raisi.
(Foto - http://kun.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶